uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=412)
-   -   [] Infoteka.uz yangiliklari (https://uforum.uz/showthread.php?t=14407)

Otabek 07.12.2010 11:21

Infoteka.uz yangiliklari
 
Aziz do'stlar,

Ushbu mavzuda bugungi kunda yangilanib borayotgan kutubxonalarimiz hamda dunyo mamlakatlarida kutubxonashunoslik sohasida to'plangan boy tajriba xususida matnlar chop etib boriladi. Bu manbalarning barchasi Doira.Uz loyihasi atrofida tashkil qilingan Kutubxona 2.0 hamjamiyatidagi maqolalardir.


Saytning (shu jumladan ushbu mavzuimizning) asosiy maqsadi:

- soha xodimlarini dolzarb mavzulardagi, o'zbek tilidagi materiallar bilan ta'minlab borish;
- talabalarga axborot madaniyati va axborot savodxonligi bo'yicha ta'limiy materiallarni uzatish;
- keng ommani kutubxonalar, turli-tuman axborot resurslari va asboblaridan boxabar qilib borish.

Sizni ushbu mavzular muhokamasiga chorlab qolamiz.

Otabek 07.12.2010 11:22


Kutubxona 2.0 - Internet texnologiyalari vositasida kutubxona xizmatlarini ko'rsatish bo'lib, bunda foydalanuvchiularning faol ishtiroki va ular orasida hamda ular bilan hamkorlikka alohida e'tibor beriladi. Web 2.0 da bo'lgani kabi, foydalanuvchining to'la funksional elektron katalog bilan muoqoti davomida va kontentdan boshqalar bilan birgalikda foydalanib borgani sayin katalog yaxshilanadi hamda mazmunan boyib boradi.

Kutubxonachilar kataloglarni axborot qidirishda va undan foydalanishda yanada qulay va samarali qilish uchun uni modernizatsiyalash ustida tinimsiz ish olib boradilar. Bunda barcha yangilanishlar foydalanuvchilar ehtiyojlari va talablariga moslashtiri olib boriladi. Kutubxona kataloglarining yangi tipi "yopiq axborot zahiralari" emas, balki, o'zaro bog'langan kompyuter platformalari ko'rinishida bo'ladi.



Teglar: kutubxona 2.0, nazariya

Otabek 07.12.2010 11:50

Rossiya Davlat Kutubxonasi va XEROX hamkorlik ornatdi

Rossiya Davlat Kutubxonasi Yevropadagi eng yirik kutubxona sifatida Ginness Rekordlar Kitobiga kiritilgan (bunda Britaniya kutubxonasi mamlakatning orolda joylashgani sababi hisobga olinmagan korinadi tarj.). Ushbu dargohda Rossiya va uning tashqarisida yaratilgan, 367 tildagi hujjatlar saqlanadi. Kutubxonaning hozirgi fondi xaritalar, notalar, audioyozuvlar, noyon kitoblar, dissertatsiyalar, gazetalar va boshqa formatdagi resurslardan ibora bolib, 43 milliondan ortiqni tashkil qiladi.
Rossiya Davlat Kutubxonasi (RDK) fondidan songgi 140 yil ichida mashhur olimlar, amaliyotchilar, talabalar va chet ellik mehmonlar foydalanib kelishadi.



Teglar: copyright, mdh, mualliflik huquqi, rossiya

Otabek 07.12.2010 11:59

Ozbekiston bozorida elektron riderlar



Elektron riderlar, ya'ni elektron kitoblarni mutolaa qilishin uchun mo'ljallangan qurilmalar, O'zbekiston bozori uchun bir yangilikdir. Dunyo bozorida 2000-yillarning o'rtalaridan paydo bo'lgan Sony Reader, Amazon Kindle va boshqa riderlar hozirda kitobsevarlarning sevimli gadjetiga aylanib ulgurgan. Yaqin vaqtlargacha bizning mamlakatimizda riderlar deyarli sotilmas, xorijdan buyurtma orqali keltirishga to'g'ri kelardi. Ammo, endilikda eletrkon riderlarni mamlakatning ichida, o'zbek so'mida sotib olish mumkin. Joriy yilning avgust oyidan Farg'ona shahrida ECTACO kompaniyasi tomonidan JetBook seriyasidagi riderlari ishlab chiqarila boshlandi.


Teglar: ectaco, elektron kitoblar, o'zbekiston, riderlar, texnologiyalar

OmoN 07.12.2010 15:53

:

Otabek ( 486751)
Ozbekiston bozorida elektron riderlar

...
:

Kompaniya tomonidan yilning oxirigacha 9,5 ming dona JetBook ishlab chiqarilishi kutilmoqda. ECTACO filiali Toshkent shahrida mavjud, hamda mahsulotlar dilerlar tomonidan Andijon, Marg'ilon, Samarqand va Qo'qon shaharlarida yetkazib beriladi. Jetbook ning hozirda ikkita versiyasi bor: o'rnatilgan akkumulyator bilan ishlaydigan, mp3-pleyeri bor qurilmaning narxi - 660.000 so'm. AA batareykalarida ishlaydigan va mp3 imkoniyati ko'zda tutilmagan JetBook Light ning marxi esa 660.000 so'm.
. ҳ қ ...

Otabek 07.12.2010 15:59

:

OmoN ( 486848)
:

Otabek ( 486751)
Ozbekiston bozorida elektron riderlar

...
:

Kompaniya tomonidan yilning oxirigacha 9,5 ming dona JetBook ishlab chiqarilishi kutilmoqda. ECTACO filiali Toshkent shahrida mavjud, hamda mahsulotlar dilerlar tomonidan Andijon, Marg'ilon, Samarqand va Qo'qon shaharlarida yetkazib beriladi. Jetbook ning hozirda ikkita versiyasi bor: o'rnatilgan akkumulyator bilan ishlaydigan, mp3-pleyeri bor qurilmaning narxi - 660.000 so'm. AA batareykalarida ishlaydigan va mp3 imkoniyati ko'zda tutilmagan JetBook Light ning marxi esa 660.000 so'm.
. ҳ қ ...

Xato ketibdi, uzr! Ikkinchi riderning narxi 600 ming bo'lishi kerak. Maqolada qo'g'rilab qo'ydim. Rahmat sizga.

Otabek 07.12.2010 16:13

Kutubxona ochiq fondlari: afsonami yo haqiqat?




Hech kimga sir emas, kutubxonalarning bosh maqsadi aholining axborot va bilimga bolgan ehtiyojini qondirish. Bilimlar hamma uchun ochiq bolishi kerak hamda kitobxon oziga kerakli kitobni javonlar orasida yurib, oz qoli bilan ushlab, varaqlab korib, xullas, yaqindan tanishgan holda tanlab olisga haqi bor. Ammo, bizning kutubxonalarimiz fondlari yopiq, unga faqatgina kutubxona xodimlarigina kira olishlari mumkin.


Teglar: kutubxonashunoslik, ozbekiston

Otabek 09.12.2010 09:11


7 dekabr kuni Londonning Sotbi (Sotheby's) auksionida rassom va naturalist Jon Jeyms Odyubonning "Amerika Qushlari" (The Birds of America) kitobi sotilgan. The Guardian gazetasida yozilishicha, ismini aytishni istamagan xaridor kitob uchun 7,3 million funt ($10,3 mln.) to'lagan. Bu esa ochiq auksionda kitob uchun to'langan eng yuqori narxdir (bu kabi boshqa faktlarni bizning "Qiziqarli faktlar: ajoyib va g'aroyib kitoblar" sarlavhali maqolamizda o'qishingiz mumkin).

Amerika Qo'shma Shtatlari hududida uchrovchi qushlar haqidagi bu to'rt tomlik katalog 97,5 65 formatga ega bo'lib, qo'lda chizilgan 435 nafar ofort (metall plastinaga tushirilgan suratlar) bilan bezalgan. Ushbu asar kitob bosish tarixining noyob namunasi hisoblanadi.

Katalogning bunchalik katta o'lchamga ega ekanligi muallif Odyubonning qushlar tasvirini natural kattalikda yetkazib berish istagi bilan bog'liq. 1827-1838 yillarga oid bu durdona o'zining qiymati bilan ilgari ham rekord o'rnatgan: 2000 yilda Kristi (Christie's) auksioni savdolarida uning uchun $8,8 mln. to'langan.

Sotbi auksioni boshlanishidan oldin kitobning muallifi uni alohida-alohida sahifalarini sotishi haqidagi mish-mishlar paydo bo'lgan edi. Ammo, bu gaplar asossiz bo'lib chiqdi va bu noyob nashrning butunligi asrab qolindi.



Teglar: auksion, kitoblar

Otabek 09.12.2010 09:16

Googlening yangi servisi - Google eBookstore
 
Googlening yangi servisi - Google eBookstore

http://files.servers.doira.uz/medium...8f918292a9.jpg

BBC News ning xabar berishicha, 6 dekabr kuni Google kompaniyasi oz'ining birinchi elektron kitoblar do'konini ishga tushirgan. Unda asosan ingliz tilida bo'lgan 3 milliondan ortiq kitoblar sotuvga qo'yiladi. Google eBookstore (loyihani ishlab chiqish jarayonida uning nomi Google Editions edi) saytida xaridorlar kompaniyaning hamkorlari bo'lgan nashriyotlar tomonidan yetkazib berilgan kitoblarni xarid qilishlari mumkin. Hozirda bu do'kon faqatgina AQSh hududida faoliyat ko'rsatadi va 2011 yildan boshlab Yevropa mamlakatlari aholisi ham shu imkoniyatga ega bo'ladilar (tahlilchilarning aytishicha, o'shanda elektron kitoblar bozori narxi ikki baravarga oshadi). Kitoblarni o'qishda esa hech qanday cheklovlar deyarli mavjud emas: ularni brauzerlar orqali noutbuk kompyuterlarida, Android OS o'rnatilgan portativ qurilmalarda, iPad planshetida, smartfonlarda va Sony Reader hamda Nook kabi bir qator riderlarda o'qish mumkin.

Google eBooks servisining imkoniyatlari haqida ushbu videotaqdimotda tanishib chiqish mumkin. Aytib o'tganimizdek, zamonaviy bestsellerlar va boshqa kitoblarni hozircha AQSh hududidagi foydalanuvchilargina sotib olishlari mumkin, ammo ko'p sonli bepul kitoblar bilan Google akkauntiga ega har qanday foydalanuvchi tanishib chiqishi mumkin.



Teglar: elektron kitoblar, google, google ebookstore

Otabek 09.12.2010 19:29

Kitobsiz kelajak yoki Internetning ilm ahliga tasiri
 
Kitobsiz kelajak yoki Internetning ilm ahliga tasiri


Ilmiy va ommaviy adabiyotda elektron kitoblarning xususiyatlari, kelajakdagi o'rni haqida ko'p va xo'p yozilgan. Sir emaski, elektron matnga yo'l topish oson, kerakli qismlarini qidirib topish uchun ham qulayliklar mavjud. Ayni paytda, elektron matnni o'qish jarayonida diqqatni jamlashda muammolar tug'iladi. Qabul qilinayotgan axborotni eslab qolish ham oddiy qog'ozdagidan qaraganda samarasizroq. Shubhasiz, hozirgi kunda ilmiy faoliyatda elektron shakldagi axborot va bilim manbalarining soni va ahamiyati ortib bormoqda. Shu bilan birga, o'qish va uqishning yangi shakli an'anaviy vositalar o'rnini bosa olmaydi.

David Bell o'zining "Kitobsiz kelajak"maqolasida shu yo'nalishda fikrlab, raqamli texnologiyalar va Internet ta'sirida ilmiy tadqiqot ishlarining o'zgacha tus olishi va buning oqibatlari haqida so'z yuritadi. Ushbu post maqolaning qisqartirilgan tarjimasidir.
Eslatma: maqola birinchi shaxsdan nomidan, muallif D.Bell tomonidan bayon qilinadi.






Teglar: digital libraries, elektron kitoblar, elektron kutubxonalar, kitob, kitobsiz kelajak

Otabek 16.12.2010 17:21

Evernote asbobi haqida


:


Evernote tarqoq fikrlar va har yerda sochilib yotgan ma'lumotlarni bir joyda to'plab, boshqarishga mo'ljallangan veb-xizmatdir. Yoningizda olib yuradigan daftarchada telefon raqamlarni yozasiz, bozordan xarid qilishingiz lozim bo'lgan narsalarning ro'yxatini tuzasiz va kerakli ism-shariflarni ildirib qo'yasiz. O'sha ma'lumotlar ildirilgan sahifalar - sizning tashqi xotirangiz. Ammo, muammo shundaki, ushbu tashqi xotira juda nozik; yirtiladi yoki cho'ntakdan tushib qoladi. Oylar-yillar o'tisi bilan esa, xuddi menda bo'lgani kabi, bunday cho'ntak daftarchalaridan yigirmatasi to'planib qoladi va bir kun kelib, falonchi sinfdoshingizning telefon raqami qayerda yozilganini bilmay xunob bo'lasiz. Shunday ekan, hozirgi elektron taqir-tuqurlar zamonida, oz'imizga yangi, ishonarliroq, asosiysi, kompyuterlashgan "yon daftar" izlab qolamiz.

1-maqola: "Fillar unutmaydi" yoki Evernote haqida

2-maqola: "Evernote" imkoniyatlari kengaymoqda

3-maqola: Evernote biznes uchun


Teglar: asboblar, evernote, productivity

Otabek 18.12.2010 15:40

GTmetrix - saytingiz uchun texnik ko'rik
 

Saytlar borki, ochilishini kutib zerikib ketasiz. Saytlar borki, oddiy dial-up aloqasi bilan ham bir zumda monitoringizda paydo bo'ladi. Hisob-kitoblarga qaraganda, agarda sayt 4 soniya ichida to'liq yuklanmasa, foydalanuvchilar ushbu saytni tark etar ekanlar. GTmetrix onlayn xizmati tomonidan ishlab chiqilgan infografikada Internet saytlarining yuklanishi va sahifalarda mavjud ortiqcha ma'lumotlar masalasi tahlil qilinadi (bunda Googlening Page Speed va Yahooning YSlow texnologiyalaridan foydalanilgan). Infografika shunday nomlanadi:

Befoyda ma'lumotni yuklashga qancha vaqt sarflanadi? Keling bilib olamiz


GTmetrix tomonidan Internetda eng ommabop 1000 ta sayt tahlil qilib chiqilgan. Ushbu hisobot muntazam ravishda Googlening "Internetdagi 1000 ta eng ommabop sayt" reytingi ushun yetkazib beriladi va har hafta yangilab turiladi. Bundan maqsad ushbu saytlarni ko'rishda foydalanuvchilar qancha ortiqcha ma'lumotni (ortiqcha kod, HTML/CSS orqali kichraytirilgan suratlar, noto'g'ri fayl formatlari va hokazo) tushirib olishlarini aniqlash, shu bilan birga, sayt egalarini o'z resurslarini samarali optimizatsiya qilishga chorlashdir.

Tadqiqotda 3 ta optimizatsiya usuli qo'llanilgan:
1) HTML/JS/CSS ni minimal ko'rinishga keltirish;
2) Compressiyani faollashtirish;
3) Suratlarni optimisatsiya qilish (juda kattalarini kichraytish, sifatini o'rta holga keltirish).
Ma'lum bo'lishicha, har oyda dunyo Internet foydalanuvchilari jami 23,000,000 gigabayt keraksiz ma'lumotni tushirib olar ekanlar.


Teglar: google, reyting, statistika, tadqiqot, tahlil, veb-saytlar, web, web-development, website, www, yahoo

Otabek 20.12.2010 10:06

Rossiyada birinchi gravyuralar virtual muzeyi ochildi
 

Endi uydan chiqmagan holda XX asr rassom-grafiklarining ishlari bilan tanishib chiqish imkoniyati paydo bo'ldi. Rossiya Davlat Kutubxonasining yopiq fondida saqlanib kelayotgan gravyuralar endi Internet-muzeyda namoyish etiladi va san'atshunoslar hamda havaskorlar e'tiboriga havola etiladi.

Rossiyaning katta kutubxonalari xazinalarida nafaqat qimmatli kitoblar, balki qo'lyozmalar, musiqa notalari, xaritalar, ovoz yozuvlari kabi materiallar saqlanib, ular Rossiya xalqlarining umumiy madaniy merosi hisoblanadi. Ammo, kutubxona yerto'lalarida saqlanib kelinadigan bu boyliklarga ommaga maxsus ruxastsiz kirish taqiqlanadi. Endi esa zamonaviy texnologiyalar bu xazinalarni raqamli shaklda, yuqori sifatli tasvirlar orqali ko'rishlari mumkin bo'ladi.


Teglar: gravyuralar, mdh, muzey, rossiya

Otabek 22.12.2010 17:37

Wikipedia, Britannica va Knol haqida
 
Uch oga-ini botir haqida: Wikipedia, Britannica, Knol (I-qism)



Bundan bir yilcha muqaddam "Chaskor.Ru"da Ivan Moskalyovning " " maqolasi e'lon qilingan edi. Ushbu ikki qismdan iborat maqolada yirik va ommabop onlayn ensiklopediyalar - Wikipedia, Britannica va Google ning Knol ensiklopediyalari haqida so'z yuritiladi. Hozirgi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotmaganligi bois, ushbu materialni o'zbek tilida sizning e'tiboringizga havola etishga qaror qildik.

Hech kimga sir emaski, Wikipedia Internetdagi gumanitar sohada eng muhim bo'lgan loyihalardan biri sanaladi. O'n yildan kamroq muddat ichida bu sayt oddiygina "start-up"dan butun dunyo Internet foydalanuvchilari hayotining ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan.

Ammo, shu qadar ommabop bo'lgan loyihaga monopoliyani o'z qo'lida ushlab turish qiyin kechmoqda. Chunki, Google va Britannica kabilarning mahsulotlari Wikipedianing yuziga oyna tutib, kamchiliklarini namoyish qilmoqda. Shunday bir sharoitda, Wikipedia o'zining eng yirik va eng ommabop bilimlar xazinasi mavqeini saqlab qola oladimi?

Wikipedia inqirozi? Rostdanmi?

Wikipedia hamjamiyatining inqirozi haqida uning a'zolari ham gapirishmoqda. Administratorlarning yangidan-yangi nag'malari chiqmoqda, axborotning haqqoniyligi va sifati esa pasaygan. Ichki nizolarning ko'paygan. Mualliflik va muharrirlik ishiga bog'liq byurokratizmning ortib borishi haqida ham gap-so'zlar avjiga chiqqan. Bularning hammasini assossiz deb bo'lmaydi. Tilga olingan muammolarning ayrimlari bor gap. Masala shundaki, bu inqiroz loyiha tarixining birgina sahifasi bo'lib qoladimi yoki kutilayotgan "Wikipedia tanazzuli"ga debochami?


Teglar: britannica, ensiklopediya, google, knol, kontent, wiki, wikipedia

Otabek 28.12.2010 13:55

Yana elektron kutubxonalar haqida (I-qism)
 
Yana elektron kutubxonalar haqida (I-qism)




Elektron yoki raqamli kutubxona keyingi yillar davomida eng ko'p qo'llaniladigan atamalar qatoridan joy oldi. Bu turdagi kutubxonalar faqatgina kompyuter tizimlari orqaligina foydalansa bo'ladigan resurslar (bosma, mikrofilm va boshqa tashuvchilardan farqli ravishda)ni o'z ichiga oladi. Ulardagi raqamli ma'umotlar lokal ravishda yoki kompyuter tarmoqlarida saqlab kelinadi. Raqamli kutubxona axborot qidiruv tizimining bir turidir.

Raqamli kutubxona (inglizcha digital library)atamasi bosma nashrlarda dastlab Corporation for National Research Initiatives ning 1988 yilgi hisobotida tilga olingan. Keyinchalik, 1994 yilda NSF/DARPA/NASA tomonidan keng muomalaga kiritilgan. G'oyaning o'zini esa amerikalik olim Vannevar Bushning 1945 yilda e'lon qilingan "As You May Think" maqolasida uchratishimiz mumkin. Ushbu maqolada Bush kelajakda barpo etilajak, minglab kutubxona kitoblari va tadqiqot natijalariga yo'l ochib beruvchi kompyuter konsepsiyasi - Memex haqida so'z yuritgan edi.

DAVOMI >>




Teglar: digital libraries, elektron kitoblar, elektron kutubxonalar


Otabek 28.12.2010 14:02

Benjamin Franklinning aforizmlari (I-qism)


http://files.servers.doira.uz/small/...723722bdeb.jpg


Bitta bugun ikkita ertangi kundan afzal.

***

Agar vaqtni eng qimmatli narsalardan biri desak, uni behuda sarflash eng katta isrofgarchilik bo'lishi kerak. Negaki, yo'qotilgan vaqt aslo qaytmaydi.

***

Uzoq umr mazmundor bo'lmasligi mumkin, ammo mazmundor umr shubhasiz uzoq umrdir.

***

Hayotni sevasizmi? Unda vaqtingizni zoye ketkizmang, chunki u hayotingizni tashkil qiladi.

***

Umrni uzaitirish uchun maishatingizni kamaytiring.

***

Istamas ekansiz unut bo'lmoqni,
Bu jism tuproqda qolgan zahoti;
O'qishga munosib narsalar yozing,
Yozishga munosib yo ishlar qiling.

***

Dam olishni ko'zlasangiz, vaqtdan oqilona foydalaning.


DAVOMI >>

Teglar: aforizmlar, hikmatlar

Otabek 02.01.2011 11:30

Tarbiya ensiklopediyasi nashrdan chiqdi
 
Tarbiya ensiklopediyasi nashrdan chiqdi

http://files.servers.doira.uz/medium...bab440b1be.jpg

Yaqinda O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti tomonidan ilk bor "Tarbiya" ensiklopediyasi nashr qilindi. Bu kitobda ijtimoiy hayotda ancha-muncha tajriba ortirgan ota-onalarning endigina turmush qurgan yosh oilalarga bugungi kunda aytmoqchi bo'lgan fikr-mulohazalari pedagogikadagi nazariy qarashlar bilan asoslanib bir tizimga solingan. Undan yosh ota-onalardan tashqari ta'lim-tarbiya ishlari bilan shuqullanuvchi barcha murabbiilar ham foydalanishlari mumkin. Kitobda tarbiya va u bilan bog'liq 300 ga yaqin tushunchalar mohiyati ochib berilgan.

Kiyinish madaniyati, suhbatlashish odobi, kelinlik odobi, kasb odobi, mehmondorchilik odobi, muomala odobi kabi maqolalar kitobdan joy olgan. Shuningdek, kamtarlik, mardlik, jasorat, insonparvarlik, insof, do'stlik, vijdon, burch, baxt, ishchanlik, ko'ngilchanlik, mas'uliyat, rostgo'ilik, poklik kabi ahloqiy tushunchalar bayon etilgan.

"Tarbiya" kitobiga uslub, shakl nuqtai nazardan emas (bu jihatdan an'anaviy ensiklopediya talablaridan farqlanadi) balki mazmun-mundarizhasi jihatdan - tarbiya sohasida ko'p masalalarni qamrab olganligi bilan entsiklopediya deb atalgan. Undagi maqolalarni tayyorlashda asosan O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti olimlari ishtirok etganlar. Shuningdek, 12 jildli "O'zbekiston milliy ensikllpediyasi" maqolalaridan, ro'yxati kitobning oxirida berilgan adabiyotlardan foydalanildi.

"Tarbiya" ensiklopediyasi pedagogika fanlari doktori Qozoqboy Yo'ldoshevning "Tarbiya - barkamol avlodni shakllantirishning bosh omili" maqolasi bilan boshlanadi, so'ng alifbo tartibida asosiy maqolalar beriladi. Kitobning adadi 3000 nusha. Tuzuvchisi M.Aminov, mas'ul muharriri A.Majidov.


Teglar: kitob, o'zbekiston

Otabek 04.01.2011 15:10

PowerPointdan DARSLARDA foydalanish mumkinmi?



Ushbu taqdimot Zoho.Com saytida Power Point taqdimoti shaklida.


http://files.servers.doira.uz/medium...db35cb7f92.jpg

Teglar: o'qituvchilar uchun, power point, taqdimotlar

Otabek 08.01.2011 11:13

Alochilar uchun oquv konikmalari



Fred Orrning "A'lochilar uchun o'quv ko'nikmalari" ("Study Skills for Successful Students") kitobi 1992 yilda Avstraliyada nashrdan chiqqan. Unda o'quv yurtlari talabalarining o'quv materiallarini yaxshi o'zlashtirishlari uchun muhim bo'lgan bir qator ko'nikmalar haqida so'z yuriltiladi va ushbu ko'nikmalarni rivojlantirsh borasida foydali maslahatlar beriladi. Kitobda berilgan maslahatlar yuqori sinf o'quvchilari, kollej va oily o'quv yurtlari talabalari uchun birdek mos keladi. Talabalar o'quv faoliyatidan keltirilgan misollar, yoki keyslar (case study) har bir talaba duch keladigan turli-tuman sharoitlarni tasvirlaydi. Ular asosida muallif o'z fikrlarini bildiradi va muammolarni bartaraf qilish borasidagi usullar bilan tanishtiradi. Keltirilgan keyslarning qahramonlarining ba'zilari ma'lum kurs bo'yicha mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o'tgan va a'lo natijalarga erishgan bo'lsalar, ayrimlari qiyin ahvolga tushib qolganlar. Bu yerda muallif yetkazmoqchi bo'lgan muhim ma'lumot shundaki, o'qish jarayonidagi har bir tajriba o'zida xos ijobiy potensialga ega. Hatto kurs ishi yomon baho bilan qaytarib berilsa ham. Masalaning "yorqin tarafi"ga qaraydigan bo'lsak, bu talabaning ma'lum ko'nikmalarini rivojlantirishiga bo'lgan bir chaqiruvdir.

Talabalardan tashqari, kitobning boshqa bir muhim auditoriyasini o'qituvchilar, ma'ruzachilar va ota-onalar tashkil qiladi.

Ta'lim shunchalik muhimmi? Axir, bir necha yil sinf partasida yoki auditoriyada o'tirib, keyin hayot tashvishlariga, kasbga aloqador faoliyatga shong'ib ketamiz-ku? Domlalar bizga beradigan bir olam materialga qo'shimcha qilib Fred Orrning kitobini o'qishimiz shartmi? Turgan gapki, 10 yildann keyin, masalan, hech kim bizdan Shekspirning "Makbet"idan biron sahnani yoddan ayytib berishimizni talab qilmaydi. Adabiyot muallimi yoki teatr aktyori bo'lib yetishmasak, albatta.. Samarali tahsil olishdan maqsad bu tonnalab aniq faktlarni yodlab olish emas, balki kishi o'zini va hayotda kerakli ko'nikmalarini rivojlantirib borishidir.


DAVOMI >>




0.Kirish ♦ 1.Shaxsiy menedjment usullari: ♦ Motivatsiya ♦ Ishni orgaga surish ♦ Xotirani yaxshilash

Teglar: darslik, motivatsiya, nazariya, productivity, ta'lim, time-management

Otabek 12.01.2011 14:38

Hikmatlar: mutolaa xususida
 
Hikmatlar: mutolaa xususida





⇒O'qirkansan, xuddi biror lug'atdagi kabi o'qiganlaring xotirangning bir chekkasida qolib ketmasliging lozim, ular vujuding va qoninggacha singib ketishi uchun chuqur o'ylab, mulohaza yuritib o'qishing kerak.

R.Emerson



⇒Agar biz bilim orttirish niyatida kitob o'qir ekanmiz, shoshmay o'qishimiz, kitoblarda uchraydigan jami bizga notanish, o'rganishni istagan narsalarimizni yozib borishimiz darkor.

E.Fage



⇒Agar nimanidir o'qib chiqqan bo'lsang, undagi asosiy fikrni uqib ol. Men ham shunday qilaman: o'qigan narsamdan albatta nimanidir yozib olaman.

Seneka


⇒Kitob odamni bilag'on, suhbat topqir qiladi; yozib olish odati esa uni aniqlikka o'rgatadi.

F.Bekon



Teglar: aforizmlar, hikmatlar

Otabek 27.01.2011 15:41

Dunyoning 20 ta eng chiroyli kutubxonalari

Sizni dunyoning eng chiroyli va hashamatli kutubxonalari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bu safar curiousexpeditions.org sayti tomonidan tanlab olingan 20 ta kutubxonaning fotosuratlarini sizning e'tiboringizga taqdim etmoqchimiz.



http://files.servers.doira.uz/medium...e33e66dc22.jpg

DAVOMI >>

Teglar: aqsh, belarus milliy kutubxonasi, britaniya, dunyo kutubxonalari, kutubxonalar

Otabek 27.01.2011 15:44

2011 yil haqida Tomas Edison nima degan?

http://files.servers.doira.uz/medium...e95fd7e2db.jpg

Bundan 100 yil muqaddam, 2011 yilda g'arb gazetalaridan biri mashhur ixtirochi Tomas Edison bilan o'tkazilgan intervyuni e'lon qildi. Bu suhbatda olim kelajak haqida gapirib, gazeta mushtariylariga bilan bir qator bashoratarini o'rtoqlashgan. Uning qilgan prognozlari mantiqan to'g'ri, ammo bugungi kunda g'alati eshitiladiganlari ham bor.


DAVOMI >>

Teglar: kelajak, kitob, tarix

Otabek 27.01.2011 16:08

Ta'lim 2.0: Ijtimoiy tarmoqlar o'quv jarayonida

https://img.uforum.uz/thumbs/ztjtwxb4850538.png

O'zbekcha sharh: http://kutubxona2.doira.uz/Infografi...jarayonida#cut

Teglar: aqsh, infografika, ta'lim

Otabek 29.01.2011 17:24

E-kutubxonalar boyicha qisqa qollanma




Bukriderlarning baxtli sohiblari soni ortib bormoqda. Elektron kitoblarni o'qishga mo'ljallangan bunday qulay qurilmalarni sotib olgan kishilar tez orada reklamada aytilgan "Rus mumtoz adabiyoti cho'ntagingizda" deyilgan gap unchalik ham to'g'ri emasligining guvohi bo'ladilar (hozirda Ukraina-Tayvan hamkorligida ishlab chiqarilgan bukriderlar aynan shunday shior ostida sotilmoqda). Qurilma xotirasidagi kitoblar rus mumtoz adabiyotining butunlay o'z ichiga olmagan. Qolaversa, klassikadan boshqa narsalarni ham o'qishni istaymiz, shunday emasmi?


DAVOMI >>

Otabek 01.02.2011 15:19

Alochilar uchun oquv konikmalari (1... Mashqlar)
 

Motivatsiya
Diqqatni jamlash
Ishni orgaga surish
Xotirani yaxshilash
Mashqlar


Motivatorlar

Yodda tuting: odamlar siz uchun eng yaxshi motivator hisoblanadi. Avvalo, keyingi hafta oxirigacha bajarashingiz kerak bo'lgan vazifalarning ro'yxatini tuzib oling. Ushbu ro'yxatning nusxasini oilangiz a'zosiga yoki yaqin do'stingizga berib qo'ying. Hisobot berish maqsadida kelasi haftaning oxiriga uchrashuv belgilab qo'ying.





Teglar: darslik, motivatsiya, nazariya, productivity, ta'lim, time-management

Otabek 01.02.2011 15:23

Europeana loyihasi - Google Booksning yangi raqibi


http://files.servers.doira.uz/medium...24480bc28f.jpg


Yevropa Komissiyasining Europeana loyihasining mashhur Google Booksga raqobatbardoshligi ortib bormoqda.


Yanvar oyining boshlarida Komissiya o'z hisobotida Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarning barcha kutubxonalari, arxivlari va muzeylarining o'z fondlarini elektronlashtirishi zarurligini qayd etib o'tdi.

Europeana Yevropa Ittifoqining elektron kutubxonasi hisoblanadi va unda 15 millionta kitob, gazeta, xarita, surat, fotosurat va boshqa materiallarning raqamli talqinlari joylashtirilgan. Bu manbalardan Internet orqali tekin foydalanish mumkin. Turli manbalarda qayd etilishicha, Google Books loyihasi doirasida xam 15 million atrofida nashrlar raqamlashtirilgan (o'tgan yilning iyun oyida 12 million bo'lgan).

Yevropa Komissiyasining hisobotida aytilishicha, hozirda sotuvda yo'q va nashr qilinmayotgan kitoblarni raqamlashtirish va muomalaga chiqarish xuquq egalarining vazifasi bo'lishiga qaramay, madaniyat muassasalari materiallarni raqamlashtirib, omma e'tiboriga havola qilish imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak. Va albatta, bunda mualliflar belgilangan tartibda rag'batlantirib boriladi.



Otabek 01.02.2011 15:25

definr - yangi va tez onlayn lug'at


http://files.servers.doira.uz/medium...6008ae52af.jpg


Ingliz tilini o'rganishda hali ham zil-zambildek lug'atlardan foydalanasizmi? Yoki Internetdan Merriam-Webster, Oxford va boshqa nashriyotlarning reklamaga to'la sahifasini ochib, ikki qator ma'lumot uchun bir kilometr sahifani yuklashga majbur bo'lyapsizmi? Siz uchun yaxshi yangilik bor: definr.com onlayn lug'ati ishga tushdi. Bu yangi xizmat sizga ingliz tilidagi har qanday so'zning ma'nosini "bir, ikki.." deyishga ulgurmasingizdan topib beradi.



Otabek 08.02.2011 14:08

O'znet: Arxeologiya.Uz

http://files.servers.doira.uz/medium...2eccd4af2a.jpg


Mamlakatimizning janubiy mintaqasi, ayniqsa Surxondaryo viloyati qadimm o'tmishdan so'ylovchi maskanlarga boy. Bu yerda insoniyatning Yer yuzidagi ilk izlaridan tortib, so'nggi o'rta asrlargacha bo'lgan davrlarga tegishli arxeologik makonlarni uchratishimiz mumkin. Jumladan, XX asrning 30-yillarda Boysun tumanidagi Teshiktosh g'orida olib borilgan izlanishlar natijasida chiqqan neandertal odam skeleti, Machay g'ori yodgorliklari va Zarautkamar g'oridan topilgan mezolit davriga oid suratlar butun dunyoga ma'lumdir.

Hozirda su kabi yodgorliklarni haqidagi ma'lumotlarni keng foydalanuvchilar ommasiga havola qilish ishida Internet tarmog'i muhim ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekistonning turli mintaqalarida joylashgan tarixiy obidalariga bag'ishlangan bir qator saytlar mavjud va ular nafaqat respublika aholisi, balki chet el fuqarolari uchun xizmat qilib kelmoqda.

Shunday saytlardan biri - www.arxeologiya.uz yaqinda o'z dizaynini yangilab, Internet sarhadlarida yangicha ko'rinishda ishga tushdi. Ushbu tarixiy ma'lumotlarga boy va ko'rkam veb-sayt Termiz Davlat Universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, Surxondaryo arxeologiyasi va etnografiyasiga oid turi-tuman ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Surxondaryo viloyatining eng qadimgi davrlardan toki XIX asrgacha bo'lgan arxeologiya va me'morchilik obidalariga oid to'liq ma'lumotni saytning "Surxondaryo arxeologiyasi" bo'limida tanishib chiqish mumkin.



Otabek 08.02.2011 14:12

Dogpile.com




Barchamiz ma'lumot izlab topish maqsadida qidiriuv tizimlaridan foydalanamiz. Lof bo'lsa ham, Google nomini hozir boshlang'isch sinf o'quvchisi ham biladi. Internetdan hech ham foydalanmagan otaxonlar ham Google degan so'zni televizordan hech bo'lmasa bir marotaba eshitgan. To'g'ri, bu xizmat juda ommabop va bizning hayotimizni ancha yengillashtirmoqda. Ammo undan tashqari ham qidiruv tizimlari ham borki, ayrim Google Search qila olmagan ishlarni bajara olishadi. Google 1998 yilda ish boshlagan bo'lsa, ungacha Lykos, Altavista, Yahoo, MSN Search degan internet xizmatlari bo'lgan va ularning ko'pchiligi hozirda ham xizmat ko'rsatib kelmoqda. Ularning har birining o'ziga yarasha ustunlik jihatlari bor. Shunday ekan, tarmoq mutaxassislari asosiy qidiruv tizimlarini o'zida jamlagan meta-tizimlarni ishlab chiqaradilar.


Shunday xizmatlardan biri Dogpile bo'lib, bitta oynachaning ichiga so'rov kiritib, birato'la to'rtta qidiruv tizimi (Google, Yahoo, Ask.Com, Bing) natijalarini olishingiz mumkin.

Interfeys ko'tarinki ruhda tayyorlangan. Firma belgisi esa - irg'itilgan koptok izidan chopuvchi kuchukcha. Hatto qidiruv oynachasi yonidagi tugma ham shunchaki "Enter" yoki "Go" emas, "Go Fetch" ('Tutib kel!') deb nomlangan.



Otabek 16.02.2011 12:23

Elektron kitoblar bozori boyicha 2010 yil yakunlari


Price Waterhouse Coopers kompaniyasi AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Niderlandiyada kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi 40 ta kompaniya, shuningdek, 1000 nafar kitobxonlar orasida so'rov o'tkazdi.

Ma'lum bo'lishicha, 2010 yilda AQShda elektron kitoblarning sotilishi hajmi 1,5 mlrd. dollarni, ya'ni mamlakatdagi jami kitob savdosining 7,2% tashkil qilgan. Qilingan hisob-kitoblarga qaraganda, ushbu segment 2015 yilga borib, 5,6 mlrd. dollargacha oshishi va bozordagi 22,5% ulushni egallashi mumkin ekan.


Otabek 21.02.2011 18:06

QADR-QIMMAT BULOGI: XARAKTER HAQIDA (I-qism)

http://files.servers.doira.uz/medium...6b11bcf725.jpg

Xarakterli odam nimalarnidir boshidan o'tkazgan va har turli kechinmalarda chiniqqan odamdir, unda umid bog'lasa bo'ladigan qandaydir kuchli fazilat bor demakdir.

E. TELMAN

Xarakter bitta yoki bir qancha xususiyatlar bilan emas, balki ularning darajasi va o'zaro munosabatlariga qarab aniqlanadi.

JAN POL

Xarakter har kimning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun g'ayrat bilan intilishidan iborat.

I. GYoTE


Xarakter katta yoxud kichik ishda oz qobiliyating kolamida his qilgan narsangnigina izchillik bilan amalga oshirishingdan iboratdir.
I. GYoTE

Insonning hayot tarzi uning xarakteri.
I. GYoTE


Otabek 24.02.2011 16:19

Grafik ko'rinishdagi Google Qidiruv Tarixi
 
Grafik ko'rinishdagi Google Qidiruv Tarixi




Bu bilan hech qanday yangilik yetkazish niyatimiz yo'q, chunki Google akkauntida qidirilgan so'zlar tarixda saqlanib borishi hammaga ma'lum. Biz bu post bilan uning ahamiyati haqida biroz to'xtalmoqchimiz.

"Google"dan, adashmasam, 2005 yildan buyon foydalanib kelaman. Google Web History dan esa 2006 yilning 3 noyabrida xabar topgan ko'rinaman, chunki qisiruv tarixim ayni shu sanadan qayd etilib bormoqda. O'sha vaqtdan buyon kiritilgan kalitso'zlarim (menda hozirgacha 14 ming 142 ta so'rov) sana va vaqtigacha yozib qolingan. Bu bilan men 4-5 yil oldin nimalar bilan mashg'ul bo'lganimni, qaysi sohalarga qiziqqanimni va hatto qanday texnika xarid qilmoqchi bo'lganimni bilib olishim, eslashim mumkin.


DAVOMI >>

Otabek 19.03.2011 16:02

Qo'llanma: "Elektron bibliografik resurslar yaratish texnologiyasi va manbalari"


Mazkur monografiya "Kutubxonashunoslik va axborot tizimlari" ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga, "Axborot tizimlari va jarayonlari" mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan magistrantlarga hamda o'z kutubxonalarini "IRBIS" tizimi asosida avtomatlashtirayotgan kutubxonachi mutaxassislarga mo'ljallangan. Monografiyada "IRBIS" tizimi asosida bibliografik tresurslar yaratish texnologiyasi, internetning bibliografik resurslari hamda "EBSCO" ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari batafsil keltirilgan.
Quyidagi linklar orqali ushbu qo'llanmaning PDF versiyasini ko'chirib olishingiz mumkin.


Manba: O'zbekiston Milliy Kutubxonasi

Teglar: kutubxona, kutubxonachiga, kutubxonachilar, o'zbekiston

Otabek 19.03.2011 16:05

TinEye teskari qidiruv xizmati :)


Aytaylik, kompyuteringizda .jpg, .gif yoki .png formatidagi qandaydir bir surat bor va undan foydalanish uchun sifati unchalik yaxshi emas, yoki bo'lmasam juda kichik. "Qani endi xuddi shuning tuzukroq variant bo'lsa", deb turgan paytingiz mana bu g'ildirak oyoqli robot sizga yordamga keladi.

DAVOMI >>


Teglar: web 2.0

Otabek 19.03.2011 16:11



Sizni o'tayotgan asr boshida

Sirli bir sandiqqa jo etdik, hazrat.

U shunday sandiqki, tuyar nashida

Sizdan zavqqa tashna bor insoniyat.

***

U sandiq - kompyuter, asarlaringiz

To'lqin bo'lib unda suzar bemalol.

Jo'sh urar dengizday, jo'shgan sari siz,

Tin olar tinsangiz, bamisli xayol.


DAVOMI >>



Teglar: elektron kutubxona, navoiy, nazm

Otabek 19.03.2011 16:15


Muttasil davom etayotgan axborot bo'roni sharoitida yashamoqdamiz. Hozirgi talabalarning fikricha, o'n soat sarflanadigan haftalik o'quv materialiga ular atigi olti soat ajrata olar ekanlar. Keyingi haftaga qoladigan to'qqiz soat mashg'ulotga esa 15 soat yangisi kelib qo'shiladi. Semestr davomida doimiy ko'payib boruvchi ish hajmi talabalar uchun stress manbai bo'lib xizmat qiladi.

DAVOMI >>

Teglar: darslik, nazariya, productivity, ta'lim, time-management

Otabek 24.03.2011 16:05

Yosh shaxmatchiga yordam
 
Yosh shaxmatchiga yordam



Bir vaqtlar O'zbekiston televideniyesidan shaxmat o'yini haqida ko'rsatuvlar bo'lardi. U paytlarda men uchun bu eng zerikarli ko'rsatuvlardan biri edi: unda hali ancha yosh va shaxmatni tushunmas edim. Ko'pchilik shaxmat ishqibozlari va bu qadimiy aql mashqini o'rganmoqchi bo'lgan kishilar uchun esa juda yaxshi foydali ko'rsatuv bo'lganiga esa shubham yo'q. Ayniqsa, yoshlar uchun.

Har qanday yosh shaxmatchi o'yinni yaxshi o'rganib, dunyoning manaman degan shaxmat ustalari bilan bellashishni orzu qiladi. Buning uchun maktablarda, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, o'quvchilar saroylarida maxsus to'garaklar tashkil qilingan. Agarda bolaning oila a'zolari yoki do'stlari orasida shaxmatga ishqiboz va bu narsaga vaqtini ayamaydigan insonlar bo'lsa, shuning o'zi yosh shaxmatchining qobiliyatini yanada rivojlantirishda katta rol o'ynaydi.

Shu o'rinda bugun Internet tarmog'ida shaxmatga qiziquvchi bolalar va ularning tarbiyachilarini qiziqitirishi mumkin bo'lgan bir sayt haqida qisqacha so'zlab bermoqchimiz. Bu saytning nomi www.chesskid.com bo'lib ("shaxmatchi bola").



Otabek 24.03.2011 16:18

NimaGap.Uz - yana bir qisqa xabarlar servisi
 
NimaGap.Uz - yana bir qisqa xabarlar servisi


http://files.servers.doira.uz/medium...d6d780a3e9.jpg

Twitterni bilmagan kim bor? Hatto Internetdan foydalanmaydigan kishilar ham hatto ingliz tili lug'atida yo'q bo'lgan "Twitter" so'zini hech bo'lmaganda to'rt marta televizordan eshitishgandir. Har bir ommaviylashgan Web 2.0 xizmatida bo'lganidek, Twitterning ko'plab klonlari, ya'ni xuddi shu prinsipda ishlaydigan izdoshlari mavjud. Yaqindagina O'znetda mashhur qisqa xabarlar yoki boshqa so'z bilan aytganda, mikroblogging xizmati - Twitterni o'xshash bo'lgan bir sayt ishga tushdi. Uning nomi juda qisqa va lo'nda - NimaGap.Uz Rost, bu saytga kirgan holda o'z do'stlaringiz hayotida, yoki umuman dunyoda nimalar sodir bo'layotganini bilib olishingiz mumkin. O'zingiz 140 belgidan ko'p bo'lmagan xabarlarni chop etishingiz mumkin. Juda qulay va qiziqarli. Bu format cheklov emas, aksincha, fikringizni qisqa va aniq ifodalashga chaqiruvdir. Internetda hatto 140 belgidan oshmaydigan yoki qisqartirib yozilgan she'rlar e'lon qilinadigan tweet (twitter saytidagi xabar birligi nomi)lar mavjud. Giperlinklar esa maxsus funksiya (short URL) orqali qisqartirib beriladi.



Teglar: twitter, uznet

Otabek 24.03.2011 16:20

Eng qimmat iPad sotilmoqda
 
Eng qimmat iPad sotilmoqda



Liverpullik (Buyuk Britaniya) zargar Styuard Hyuz (Stuart Hughes) ozining iPad 2 Gold History Edition deb nomlangan asarini omma etiboriga havola qilmoqda.

Apparatning orqa paneli 24-karatli oltin bilan qoplangan va unda Apple logotipi joylashtirilgan. Ogotip ham oddiy emas: 53 dona eng toza brilliantlar bilan bezalgan bolib, har bir toshchaning ogirligi 16,5 karatni tashkil qiladi.

DAVOMI >>


Teglar: apple, ipad

Otabek 26.03.2011 15:54

Kitob uchun jihozlar
 
Kitob uchun jihozlar




Kitobsevarlarning ko'pchiligi kitob o'qiyotgan mahal qo'llarini bo'sh qo'yishga ehtiyoj sezishadi. Ayniqsa, ovqatlanib kitob o'qishga odatlangan kishilar. Boshqalar uchun ham shu - yupqa muqovali (inglizcha soft cover) kitoblar hamisha ikki qo'lni band qilib turadi. Agarda kutubxonada dars qilayotib, kitobdan u-bu qismlarini daftaringizga ko'chirib olmoqchi bo'lsangiz, noqulaylik seza boshlaysiz. Misol uchun, yumshoq muqovali, yelimlangan yoki qalin kitobni stol ustida ochib qo'yish uchun boshqa bir kitob yoki biron og'irroq buyumdan foydalanishingizga to'g'ri keladi. Ammo, xorijlik ixtirochilar va tadbirkorlar allaqachon bu muammoning yechimini topganlar.



: 13:39. GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2023, Jelsoft Enterprises Ltd. : zCarot
OOO UZINFOCOM