uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Áèáëèîòåêè (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=412)
-   -   [Íîâîñòè] Infoteka.uz yangiliklari (https://uforum.uz/showthread.php?t=14407)

Otabek 30.09.2011 11:14

Googlening yangi suratlar qidiruvi va O’zbekistonga aloqador mavzularni izlash

http://files.servers.uznet.biz/mediu...b4f89d0fae.jpg

http://files.servers.uznet.biz/mediu...3fd287b3c6.jpg



Endi Google yordamida suratlarni nafaqat kalitso’zlar, balki suratlarning o’zi yordamida ham qidirish mumkin. Ya’ni, Sizga kompyuteringiz xotirasida saqlanayotgan yoki Internetdagi biror surat haqida qo’shimcha ma’lumot kerak bo’lib qolsa. Buning quyidagicha yo’llari bor:


Otabek 09.10.2011 17:45

Murakkabni sodda qilib tushuntirish

http://files.servers.uznet.biz/mediu...cdb128bec5.jpg


Eynshteyn aytgan ekan: «Qiyin narsani oson qilib tushuntirish qiyin. Qiyin narsani qiyin qilib tushuntirish esa oson». Biron narsani atrofdagi kishilarga tushuntirishda ozroq mehnat sarflasak, qilgan bu urinishimiz o'z samarasini beradi. O'zimizga takror beriladigan savollarni bartaraf etamiz va kelib chiqadigan tushunmovchilikning oldini olamiz.


Otabek 09.10.2011 17:47


Apple iPhone 4s - muxlislarga sovg'a, raqiblarga chaqiriq

http://files.servers.uznet.biz/mediu...3ccad0a5ba.jpg

4 oktabr kuni AQShda Apple kompaniyasining yangi mahsulotlari taqdimoti bo’lib o’tdi. Har yili an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan bu tadbirda kompaniyaning yangi kompyuterlari, gadjetlari, operatsion tizim va xizmarlari ommaga namoyish qilinadi.


Otabek 09.10.2011 17:49


Öèòàòà:

Suv toza, sokin va qoramtir. Men kema quyrug‘idan boshqa sho‘ng‘uvchilar bilan o‘zimni dengizga tashlaganimda mening yelkam sovuq tufayli hamda ichimdan chiqqan zavq-shavqdan qaltiray boshladim. Biz Avstraliyaning janubi—g‘arbiy qirg‘oqlarida, Janubiy okeanda kechasi sho‘ng‘ib, nomi deyarli afsonadagidek ataladigan jonivorni izlaymiz. Biz dengiz ajdaholarini, to‘g‘rirog‘i qanotli dengiz ajdarlarini ovlaymiz.

Otabek 09.10.2011 17:51

Marko Polo - sarguzashtlar ishqibozi

http://files.servers.uznet.biz/mediu...1c0b40e56e.jpg

Öèòàòà:

1298 yilda venetsiyalik sayyoh Marko Polo o‘zining uzoq Sharqdagi sayohatlari haqida g‘aroyib kitob yozdi. Kishilar uning Sharqdagi ajibtovur boyliklarni qilgan tavsiflarini o‘qidilar va Xitoy, Yaponiya, Hindistonga dengiz yo‘llarini topishga astoydil qiziqib qoldilar. Hatto Kolumb ikki yuz yildan keyin uzining ko‘p savollariga javob izlab, “Janob Marko Poloning kitobi”ga tez—tez ko’z tashlardi.

Otabek 09.10.2011 17:53

BMT: 10-20 oktyabrda talabalar o’rtasida insholar ko’rik-tanlovi tanlovi o’tkaziladi


Öèòàòà:

Tanlovda qatnashish istagida bo’lgan oliy o’quv yurtlari talabalari o’z insholarini essay@lgsp.uz manziliga 2011 yil, 20 oktabt, soat 18:00 gacha yuborishlari talab qilinadi. Xat sarlavhasi “talabalar o’rtasida eng yaxshi insho” deb nomlanishi kerak.

Otabek 17.10.2011 14:37

Zamonaviy kutubxonalar – asriy orzular ro‘yobi
 
Zamonaviy kutubxonalar – asriy orzular ro‘yobi


Öèòàòà:

Yil davomida AKMlarning zallarida 20 mingdan ortiq kitobxon 92,5 ming elektron hujjatdan foydalandi. Axborot-kutubxona markazlarining elektron kataloglarida 500 mingdan oshiq bibliografik yozuv mavjud. AKM foydalanuvchilari tayyor elektron resurs sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov asarlarining ko‘p jildlik elektron nashri, "Norma", "LEX.UZ", "Pravo", "Norm.Doc" normativ-huquqiy bazalari, to‘liq matnli "EVSCO" va "PROQUEST" ilmiy ma'lumot bazalaridan foydalanish imkoniyatiga ega.

Otabek 17.10.2011 14:44

Research in Motion o’zgarishlar arafasida
 
Research in Motion o’zgarishlar arafasida

https://img.uforum.uz/images/tnpgqcc8558475.png

Kanadada joylashgan, BlackBerry smartfonlari va Playbook planshetli kompyuterlari bilan mashhur Research in Motion (qisqacha RIM) kompaniyasi joriy haftaning seshanba kunidan boshlab dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchilar uchun o’zinign yillik anjumanini o’tkazadi.


Otabek 18.10.2011 17:05

"Kaleydoskop" blogida yangi rukn tashkil qildik. "Rangin dunyo"da endi dunyo sahnida sodir bo'layotgan qiziqarli voqea-hodisalar hamda tabiat manzaralari aks ettirilgan eng so'nggi fotosuratlar bilan tanishtirib bormoqchimiz.

Bir teleboshlovchi takror-takror aytganidek, "dunyo keng, odamlar turfa".. Keling shu rangin dunyo ajoyibotlardan ko'proq xabardor bo'laylik!




Otabek 18.10.2011 17:10

Baxtga to’siq bo’luvchi 7 ta odat
 
Baxtga to’siq bo’luvchi 7 ta odat


Biz insonlar baxtga qanday erishish haqida ko’p gapiramiz. Aslida baxt bu o’tkinchi tushuncha: uning nomini hamma biladi, ayrim paytlarda his qilishadi; ammo bir muddat o’tgach, rostdan ham baxtlimi yo’qmilar, o’zlari ham bilishmaydi. Baxt, va shu bilan birga baxtsizlikning mohiyati va darajasi murakkab va o’ta individualdir. Ammo baxtsizlikka eltuvchi umumiy yo’llar bor. Bu yo’llarda kishi o’zidan va atrofidagi muhitdan norozi bo’laveradi. Ana shu odat tusiga kirib qolgan hissiyot va munosabatlarni belgilab olsak, o’zimizning baxtliroq bo’lishimizga hissa qo’shgan bo’lamiz.

“The Positivity” blogining muallifi Henrik Edberg o’zini ko’proq baxtsiz his qiladigan odamlarga xos 7 ta odat haqida so’z yuritadi:



Òåêóùåå âðåìÿ: 13:01. ×àñîâîé ïîÿñ GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2023, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä: zCarot
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»