uForum.uz

uForum.uz (https://uforum.uz/index.php)
-   Áèáëèîòåêè (https://uforum.uz/forumdisplay.php?f=412)
-   -   [Íîâîñòè] Infoteka.uz yangiliklari (https://uforum.uz/showthread.php?t=14407)

Otabek 04.06.2011 11:40

Do@ - Mobil qidiruv tizimlari kashshofi


Google kompaniyasiga raqib bo’lmoqchi bo’lgan startaplar ko’rinmay qolganiga ancha bo’ldi. Ular o’z harakatlarining samarasiz ekanligi, Google ga teng kelmoq uchun moliya va kadrlar sohasida zahiralari yetishmasligini tushunib yetdilar.

Ammo, vebdagi qidiruvdan tashqari mobil qidiruv tizimlari ham bo’lib, bu hozircha ochilmagan qo’riq desak ham bo’laveradi.

Tel-Aviv shahrida joylashgan, Mobil qidiruv tizimlariga ixtisoslashgan startap kompaniyasi – Do@ (‘duat’ deb o’qiladi) o’tgan oy iPhone smartfoni uchun yangi qidiruv dasturiy ilovasini ishlab chiqqanini e’lon qildi. Bu ilovaning o’ziga xos jihati shundaki, u ko’proq ilovaga o’xshaydi va qidiruv natijalarida linklar o’rniga tayyor sahifalarni taqdim etadi.

DAVOMI >>

Otabek 04.06.2011 11:42

Tanishing, yangi OS: Microsoft Mango

http://files.servers.uznet.biz/origi...8024d0501d.jpg

O’z vaqtida operatsion tizimlar olamida inqilob yasagan Microsoft kompaniyasi o’zining Windows operatsion tizimini qo’l telefonlariga moslashtirishga uzoq vaqt urinib keldi. Ammo, Windows Mobile OS ko’p jihatdan iOS va Android tizimlaridan orqada ekanligi ma’lum bo’lib qoldi.

Shu sababdan, gadjetlar va Internet texnologiyalari olamining deyarli har bir sohasida yetakchilikka intiladigan Microsoft mobil tizimlar uchun maxsus operatsion tizimni ishlab chiqishga qaror qildi. Uning yangi mahsuloti Mango deb ataladi va 24 may kuni Nyu-York shahrida bo’lib o’tgan tadbirda namoyish qilingan.

Yangi OS kontaktdagi kishi nomlarini guruhlaydigan va har bittasini “personalashtiradigan” qiziqarli funksiyaga ega. “Live Tiles” deb nom berilgan bu funksiya ijtimoiy tarmoqlar bilan bog’langan bo’lib, har bir kishining surati va uning status xabari (status update) ko’rinib turadi.


DAVOMI >>

Otabek 10.06.2011 09:59


Otabek 10.06.2011 10:07

Oddiy maslahat: brauzer varaqalarini avtomatik tarzda yuklash


http://files.servers.uznet.biz/mediu...74a70d646e.jpg

Har kuni kompyuter qarshisiga kelib bir xil saytlarni ochasizmi? Ularni ochish uchun har biriga alohida murojaat qilasizmi? Men, masalan, ko’p foydalanadigan saytlarimni tugmacha sifatida Opera va Google Chrome brauzeriga o’rnatib olganman. Ular esa, o’z navbatida, turiga qarab papkalar ichiga guruhlab chiqilgan. “Pochta” (Gmail, Mail.Ru), “Yangiliklar” (yangilik saytlari), “Ijtimoiy tarmoqlar” (Facebook, ÌîéÌèð, Îäíîêëàññíèêè) va hokazo.

http://files.servers.uznet.biz/mediu...617330d659.jpg



Otabek 22.06.2011 20:20


Iyun oyining boshida, aniqrog’i, 6 iyunda Apple kompaniyasi tomonidan Californiyada o’tkazilgan Worldwide Developer Conference(WWDC) anjumanida kompaniyaning so’nggi dasturiy ishlanmalari namoyish qilingan edi. Yangi o’zgarishlar Applening uchta mahsulotiga tegishli. Bular Mac OS X ning so’nggi talqini (“Lion”), iPhone/iPad/Touch gadjetlari uchun ishlab chiqariladigan operatsion tizimning keyingi avlodi - iOS 5 va iCloud deb nomlangan yangi onlayn sinxronlash xizmatidir.



Otabek 22.06.2011 20:21

O’qishga rag’bat yo’qmi? Maslahatimiz shuki..

http://files.servers.uznet.biz/mediu...6b5a681cab.jpg

Motivatsiya (o’zbekcha qilib ‘rag’bat’ desak bo’lar?) o’qish uchun juda kerakli narsa. Agar motivatsiya bo’lmasa, ishingiz olg’a siljishi amrimahol. Diqqatni bir vazifaga jamlash qiyinlashadi. Motivatsiyasiz hatto ishni boshlab olishning o’zi qiyin masala.

Agar o’qishga rag’bat sezmasangiz, ya’ni qilishingiz lozim bo’lgan mashgulotga “qo’lingiz bormayotgan” bo’lsa, bizning klubga xush kelibsiz. Chunki bu narsa deyarli har bitta talaba duch keladigan muammo. Muammo.. keling yaxshisi shu salbiy manodagi so’zni boshqasi bilan almashtirsak.. Masalan, bizning ichki imkoniyatlarimizni yuzaga chiqarishga sabab bo’luvchi “imkoniyat” deb ataylik. Shunisi yaxshiroq, chunki nafaqat hissiyotlarda, balki so’zlarda ham ijobiylikni saqlab turish juda muhim.


Otabek 22.06.2011 20:23

O'zbekiston yangiliklari telefoningizda



Inson yangilikka o’ch, hamisha yon-atrofida bo’layotgan hodisalar bilan qiziqib boradi. Bundan ikki yuz yil ilgari asosiy aloqa vositasi og’zaki muloqot bo’lgan va yangiliklar og’izdan og’izga yetkazilgan bo’lsa, hozirgi zamonimizda davlat va jamiyat hayotida bo’layotgan voqealardan xabardor bo’lishimiz uchun juda ko’plab vositalardan foydalanihimiz mumkin. XXI asrni bejizga axborot asri demaganlar. Gazeta va jurnallar, televideniye, radio, Internet saytlari, Twitter, Facebook – bularning hammasi ixtiyorimizda.

Hech kimga sir emas, Internetda foydalanish borgan sari mobil vositalar orqali amalga oshirilmoqda. Respublikadagi barcha uyali aloqa operatorlari mobil internet xizmatlarini taklif qilmoqdalar. Raqobat natijasida ularning tariff rejalari narxlari ham pasayib bormoqda.

Bunday sharoitda bizga telefon orqali foydalanishimiz mumkin bo’lgan Internet saytlari kerak bo’ladi. Xo’sh, O’zbekistonga aloqador qaysi yangilik saytlarining mobil versiyalaridan foydalansak bo’ladi?


Otabek 28.06.2011 15:55

Amazon Kindle 2 imkoniyatlari





Bukriderlar, shu jumladan Amazon Kindle haqida saytimiz sahifalarida ancha-muncha so’z yuritganmiz.. Ammo shu paytgacha dunyoda eng ommabop bo’lgan ushubu bukriderning alohida funksiyalariga to’xtalmagan edik. Bu kamchilikni bartaraf qilish maqsadida Kindle ning birqancha imkoniyatlari haqida so’z yuritsak.



Otabek 28.06.2011 15:57

Apple ko’psensorli boshqaruvga ega apparatlar bo’yicha patentni qo’lga kiritdi



Apple tomonidan 2007 yildayoq kiritilgan bu patent arizasi birgina maqsadni ko’zlaydi. U ham bo’lsa sensorli ekranda harakatlantiriladigan barmoqlar orqali dasturiy ta’minotni boshqarish. Kompaniyaning patent arizasiga ilova qilgan suratlarida bu funksiya bosh ekran va veb-navigatorni o’z ichiga olgan turli dasturiy ilovalar misolida namoyish etilgan.


Otabek 28.06.2011 16:03

Êèòîáñåâàðëàð ó÷óí èæòèìîèé òàðìîқëàð!

http://img.uz/d/2011/06/4e09b4c38ed81-s.jpg

Öèòàòà:

Óçíåò òàðìîғèãà êåëñàê, óíäà «êèòîáèé» èæòèìîèé òàðìîқ äåá àòàñà á¢ëàäèãàí ñàéòëàð ýíäèãèíà êóðòàê î÷ìîқäà. Óëàðäàí áèðîðòàñèíè þқîðèäà êåëòèðèá ¢òèëãàí õîðèæèé ñàéòëàðãà òàққîñëàø ìóøêóë á¢ëñà-äà, êèòîáëàð ó ¸êè áó òàðòèáäà ìóҳîêàìà қèëèíàäèãàí ¢çáåê òèëèäàãè îíëàéí ҳàìæàìèÿòëàð é¢қ ýìàñ.


Òåêóùåå âðåìÿ: 13:31. ×àñîâîé ïîÿñ GMT +5.

Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2023, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä: zCarot
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»