![]() |
Infoteka.uz yangiliklari
Aziz do'stlar,
Ushbu mavzuda bugungi kunda yangilanib borayotgan kutubxonalarimiz hamda dunyo mamlakatlarida kutubxonashunoslik sohasida to'plangan boy tajriba xususida matnlar chop etib boriladi. Bu manbalarning barchasi Doira.Uz loyihasi atrofida tashkil qilingan Kutubxona 2.0 hamjamiyatidagi maqolalardir. Saytning (shu jumladan ushbu mavzuimizning) asosiy maqsadi: - soha xodimlarini dolzarb mavzulardagi, o'zbek tilidagi materiallar bilan ta'minlab borish; - talabalarga axborot madaniyati va axborot savodxonligi bo'yicha ta'limiy materiallarni uzatish; - keng ommani kutubxonalar, turli-tuman axborot resurslari va asboblaridan boxabar qilib borish. Sizni ushbu mavzular muhokamasiga chorlab qolamiz. |
Kutubxona 2.0 - Internet texnologiyalari vositasida kutubxona xizmatlarini ko'rsatish bo'lib, bunda foydalanuvchiularning faol ishtiroki va ular orasida hamda ular bilan hamkorlikka alohida e'tibor beriladi. Web 2.0 da bo'lgani kabi, foydalanuvchining to'la funksional elektron katalog bilan muoqoti davomida va kontentdan boshqalar bilan birgalikda foydalanib borgani sayin katalog yaxshilanadi hamda mazmunan boyib boradi. Kutubxonachilar kataloglarni axborot qidirishda va undan foydalanishda yanada qulay va samarali qilish uchun uni modernizatsiyalash ustida tinimsiz ish olib boradilar. Bunda barcha yangilanishlar foydalanuvchilar ehtiyojlari va talablariga moslashtiri olib boriladi. Kutubxona kataloglarining yangi tipi "yopiq axborot zahiralari" emas, balki, o'zaro bog'langan kompyuter platformalari ko'rinishida bo'ladi. Teglar: kutubxona 2.0, nazariya |
Rossiya Davlat Kutubxonasi va XEROX hamkorlik o’rnatdi
Rossiya Davlat Kutubxonasi Yevropadagi eng yirik kutubxona sifatida Ginness Rekordlar Kitobiga kiritilgan (bunda Britaniya kutubxonasi mamlakatning orolda joylashgani sababi hisobga olinmagan ko’rinadi – tarj.). Ushbu dargohda Rossiya va uning tashqarisida yaratilgan, 367 tildagi hujjatlar saqlanadi. Kutubxonaning hozirgi fondi xaritalar, notalar, audioyozuvlar, noyon kitoblar, dissertatsiyalar, gazetalar va boshqa formatdagi resurslardan ibora bo’lib, 43 milliondan ortiqni tashkil qiladi. Rossiya Davlat Kutubxonasi (RDK) fondidan so’nggi 140 yil ichida mashhur olimlar, amaliyotchilar, talabalar va chet ellik mehmonlar foydalanib kelishadi. Teglar: copyright, mdh, mualliflik huquqi, rossiya |
O’zbekiston bozorida elektron riderlar
Elektron riderlar, ya'ni elektron kitoblarni mutolaa qilishin uchun mo'ljallangan qurilmalar, O'zbekiston bozori uchun bir yangilikdir. Dunyo bozorida 2000-yillarning o'rtalaridan paydo bo'lgan Sony Reader, Amazon Kindle va boshqa riderlar hozirda kitobsevarlarning sevimli gadjetiga aylanib ulgurgan. Yaqin vaqtlargacha bizning mamlakatimizda riderlar deyarli sotilmas, xorijdan buyurtma orqali keltirishga to'g'ri kelardi. Ammo, endilikda eletrkon riderlarni mamlakatning ichida, o'zbek so'mida sotib olish mumkin. Joriy yilning avgust oyidan Farg'ona shahrida ECTACO kompaniyasi tomonidan JetBook seriyasidagi riderlari ishlab chiqarila boshlandi. Teglar: ectaco, elektron kitoblar, o'zbekiston, riderlar, texnologiyalar |
Öèòàòà:
Öèòàòà:
|
Öèòàòà:
|
Kutubxona ochiq fondlari: afsonami yo haqiqat?
Hech kimga sir emas, kutubxonalarning bosh maqsadi – aholining axborot va bilimga bo’lgan ehtiyojini qondirish. Bilimlar hamma uchun ochiq bo’lishi kerak hamda kitobxon o’ziga kerakli kitobni javonlar orasida yurib, o’z qo’li bilan ushlab, varaqlab ko’rib, xullas, yaqindan tanishgan holda tanlab olisga haqi bor. Ammo, bizning kutubxonalarimiz fondlari yopiq, unga faqatgina kutubxona xodimlarigina kira olishlari mumkin. Teglar: kutubxonashunoslik, o’zbekiston |
7 dekabr kuni Londonning Sotbi (Sotheby's) auksionida rassom va naturalist Jon Jeyms Odyubonning "Amerika Qushlari" (The Birds of America) kitobi sotilgan. The Guardian gazetasida yozilishicha, ismini aytishni istamagan xaridor kitob uchun 7,3 million funt ($10,3 mln.) to'lagan. Bu esa ochiq auksionda kitob uchun to'langan eng yuqori narxdir (bu kabi boshqa faktlarni bizning "Qiziqarli faktlar: ajoyib va g'aroyib kitoblar" sarlavhali maqolamizda o'qishingiz mumkin). Amerika Qo'shma Shtatlari hududida uchrovchi qushlar haqidagi bu to'rt tomlik katalog 97,5 õ 65 formatga ega bo'lib, qo'lda chizilgan 435 nafar ofort (metall plastinaga tushirilgan suratlar) bilan bezalgan. Ushbu asar kitob bosish tarixining noyob namunasi hisoblanadi. Katalogning bunchalik katta o'lchamga ega ekanligi muallif Odyubonning qushlar tasvirini natural kattalikda yetkazib berish istagi bilan bog'liq. 1827-1838 yillarga oid bu durdona o'zining qiymati bilan ilgari ham rekord o'rnatgan: 2000 yilda Kristi (Christie's) auksioni savdolarida uning uchun $8,8 mln. to'langan. Sotbi auksioni boshlanishidan oldin kitobning muallifi uni alohida-alohida sahifalarini sotishi haqidagi mish-mishlar paydo bo'lgan edi. Ammo, bu gaplar asossiz bo'lib chiqdi va bu noyob nashrning butunligi asrab qolindi. Teglar: auksion, kitoblar |
Googlening yangi servisi - Google eBookstore
BBC News ning xabar berishicha, 6 dekabr kuni Google kompaniyasi oz'ining birinchi elektron kitoblar do'konini ishga tushirgan. Unda asosan ingliz tilida bo'lgan 3 milliondan ortiq kitoblar sotuvga qo'yiladi. Google eBookstore (loyihani ishlab chiqish jarayonida uning nomi Google Editions edi) saytida xaridorlar kompaniyaning hamkorlari bo'lgan nashriyotlar tomonidan yetkazib berilgan kitoblarni xarid qilishlari mumkin. Hozirda bu do'kon faqatgina AQSh hududida faoliyat ko'rsatadi va 2011 yildan boshlab Yevropa mamlakatlari aholisi ham shu imkoniyatga ega bo'ladilar (tahlilchilarning aytishicha, o'shanda elektron kitoblar bozori narxi ikki baravarga oshadi). Kitoblarni o'qishda esa hech qanday cheklovlar deyarli mavjud emas: ularni brauzerlar orqali noutbuk kompyuterlarida, Android OS o'rnatilgan portativ qurilmalarda, iPad planshetida, smartfonlarda va Sony Reader hamda Nook kabi bir qator riderlarda o'qish mumkin. Google eBooks servisining imkoniyatlari haqida ushbu videotaqdimotda tanishib chiqish mumkin. Aytib o'tganimizdek, zamonaviy bestsellerlar va boshqa kitoblarni hozircha AQSh hududidagi foydalanuvchilargina sotib olishlari mumkin, ammo ko'p sonli bepul kitoblar bilan Google akkauntiga ega har qanday foydalanuvchi tanishib chiqishi mumkin. Teglar: elektron kitoblar, google, google ebookstore |
Kitobsiz kelajak yoki Internetning ilm ahliga ta’siri
Kitobsiz kelajak yoki Internetning ilm ahliga ta’siri Ilmiy va ommaviy adabiyotda elektron kitoblarning xususiyatlari, kelajakdagi o'rni haqida ko'p va xo'p yozilgan. Sir emaski, elektron matnga yo'l topish oson, kerakli qismlarini qidirib topish uchun ham qulayliklar mavjud. Ayni paytda, elektron matnni o'qish jarayonida diqqatni jamlashda muammolar tug'iladi. Qabul qilinayotgan axborotni eslab qolish ham oddiy qog'ozdagidan qaraganda samarasizroq. Shubhasiz, hozirgi kunda ilmiy faoliyatda elektron shakldagi axborot va bilim manbalarining soni va ahamiyati ortib bormoqda. Shu bilan birga, o'qish va uqishning yangi shakli an'anaviy vositalar o'rnini bosa olmaydi. David Bell o'zining "Kitobsiz kelajak"maqolasida shu yo'nalishda fikrlab, raqamli texnologiyalar va Internet ta'sirida ilmiy tadqiqot ishlarining o'zgacha tus olishi va buning oqibatlari haqida so'z yuritadi. Ushbu post maqolaning qisqartirilgan tarjimasidir. Eslatma: maqola birinchi shaxsdan nomidan, muallif D.Bell tomonidan bayon qilinadi. Teglar: digital libraries, elektron kitoblar, elektron kutubxonalar, kitob, kitobsiz kelajak |
Evernote asbobi haqida Öèòàòà:
1-maqola: "Fillar unutmaydi" yoki Evernote haqida 2-maqola: "Evernote" imkoniyatlari kengaymoqda 3-maqola: “Evernote” biznes uchun Teglar: asboblar, evernote, productivity |
GTmetrix - saytingiz uchun texnik ko'rik
Saytlar borki, ochilishini kutib zerikib ketasiz. Saytlar borki, oddiy dial-up aloqasi bilan ham bir zumda monitoringizda paydo bo'ladi. Hisob-kitoblarga qaraganda, agarda sayt 4 soniya ichida to'liq yuklanmasa, foydalanuvchilar ushbu saytni tark etar ekanlar. GTmetrix onlayn xizmati tomonidan ishlab chiqilgan infografikada Internet saytlarining yuklanishi va sahifalarda mavjud ortiqcha ma'lumotlar masalasi tahlil qilinadi (bunda Googlening Page Speed va Yahooning YSlow texnologiyalaridan foydalanilgan). Infografika shunday nomlanadi: Befoyda ma'lumotni yuklashga qancha vaqt sarflanadi? Keling bilib olamiz… GTmetrix tomonidan Internetda eng ommabop 1000 ta sayt tahlil qilib chiqilgan. Ushbu hisobot muntazam ravishda Googlening "Internetdagi 1000 ta eng ommabop sayt" reytingi ushun yetkazib beriladi va har hafta yangilab turiladi. Bundan maqsad ushbu saytlarni ko'rishda foydalanuvchilar qancha ortiqcha ma'lumotni (ortiqcha kod, HTML/CSS orqali kichraytirilgan suratlar, noto'g'ri fayl formatlari va hokazo) tushirib olishlarini aniqlash, shu bilan birga, sayt egalarini o'z resurslarini samarali optimizatsiya qilishga chorlashdir. Tadqiqotda 3 ta optimizatsiya usuli qo'llanilgan: 1) HTML/JS/CSS ni minimal ko'rinishga keltirish;Ma'lum bo'lishicha, har oyda dunyo Internet foydalanuvchilari jami 23,000,000 gigabayt keraksiz ma'lumotni tushirib olar ekanlar. Teglar: google, reyting, statistika, tadqiqot, tahlil, veb-saytlar, web, web-development, website, www, yahoo |
Rossiyada birinchi gravyuralar virtual muzeyi ochildi
Endi uydan chiqmagan holda XX asr rassom-grafiklarining ishlari bilan tanishib chiqish imkoniyati paydo bo'ldi. Rossiya Davlat Kutubxonasining yopiq fondida saqlanib kelayotgan gravyuralar endi Internet-muzeyda namoyish etiladi va san'atshunoslar hamda havaskorlar e'tiboriga havola etiladi. Rossiyaning katta kutubxonalari xazinalarida nafaqat qimmatli kitoblar, balki qo'lyozmalar, musiqa notalari, xaritalar, ovoz yozuvlari kabi materiallar saqlanib, ular Rossiya xalqlarining umumiy madaniy merosi hisoblanadi. Ammo, kutubxona yerto'lalarida saqlanib kelinadigan bu boyliklarga ommaga maxsus ruxastsiz kirish taqiqlanadi. Endi esa zamonaviy texnologiyalar bu xazinalarni raqamli shaklda, yuqori sifatli tasvirlar orqali ko'rishlari mumkin bo'ladi. Teglar: gravyuralar, mdh, muzey, rossiya |
Wikipedia, Britannica va Knol haqida
Uch og’a-ini botir haqida: Wikipedia, Britannica, Knol (I-qism) Bundan bir yilcha muqaddam "Chaskor.Ru"da Ivan Moskalyovning "Òðè ýíöèêëîïåäèè" maqolasi e'lon qilingan edi. Ushbu ikki qismdan iborat maqolada yirik va ommabop onlayn ensiklopediyalar - Wikipedia, Britannica va Google ning Knol ensiklopediyalari haqida so'z yuritiladi. Hozirgi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotmaganligi bois, ushbu materialni o'zbek tilida sizning e'tiboringizga havola etishga qaror qildik. Hech kimga sir emaski, Wikipedia Internetdagi gumanitar sohada eng muhim bo'lgan loyihalardan biri sanaladi. O'n yildan kamroq muddat ichida bu sayt oddiygina "start-up"dan butun dunyo Internet foydalanuvchilari hayotining ajralmas qismiga aylanishga ulgurgan. Ammo, shu qadar ommabop bo'lgan loyihaga monopoliyani o'z qo'lida ushlab turish qiyin kechmoqda. Chunki, Google va Britannica kabilarning mahsulotlari Wikipedianing yuziga oyna tutib, kamchiliklarini namoyish qilmoqda. Shunday bir sharoitda, Wikipedia o'zining eng yirik va eng ommabop bilimlar xazinasi mavqeini saqlab qola oladimi? Wikipedia inqirozi? Rostdanmi? Wikipedia hamjamiyatining inqirozi haqida uning a'zolari ham gapirishmoqda. Administratorlarning yangidan-yangi nag'malari chiqmoqda, axborotning haqqoniyligi va sifati esa pasaygan. Ichki nizolarning ko'paygan. Mualliflik va muharrirlik ishiga bog'liq byurokratizmning ortib borishi haqida ham gap-so'zlar avjiga chiqqan. Bularning hammasini assossiz deb bo'lmaydi. Tilga olingan muammolarning ayrimlari bor gap. Masala shundaki, bu inqiroz loyiha tarixining birgina sahifasi bo'lib qoladimi yoki kutilayotgan "Wikipedia tanazzuli"ga debochami? Teglar: britannica, ensiklopediya, google, knol, kontent, wiki, wikipedia |
Yana elektron kutubxonalar haqida (I-qism)
Yana elektron kutubxonalar haqida (I-qism) Elektron yoki raqamli kutubxona keyingi yillar davomida eng ko'p qo'llaniladigan atamalar qatoridan joy oldi. Bu turdagi kutubxonalar faqatgina kompyuter tizimlari orqaligina foydalansa bo'ladigan resurslar (bosma, mikrofilm va boshqa tashuvchilardan farqli ravishda)ni o'z ichiga oladi. Ulardagi raqamli ma'umotlar lokal ravishda yoki kompyuter tarmoqlarida saqlab kelinadi. Raqamli kutubxona axborot qidiruv tizimining bir turidir. Raqamli kutubxona (inglizcha digital library)atamasi bosma nashrlarda dastlab Corporation for National Research Initiatives ning 1988 yilgi hisobotida tilga olingan. Keyinchalik, 1994 yilda NSF/DARPA/NASA tomonidan keng muomalaga kiritilgan. G'oyaning o'zini esa amerikalik olim Vannevar Bushning 1945 yilda e'lon qilingan "As You May Think" maqolasida uchratishimiz mumkin. Ushbu maqolada Bush kelajakda barpo etilajak, minglab kutubxona kitoblari va tadqiqot natijalariga yo'l ochib beruvchi kompyuter konsepsiyasi - Memex haqida so'z yuritgan edi. DAVOMI >> Teglar: digital libraries, elektron kitoblar, elektron kutubxonalar |
Benjamin Franklinning aforizmlari (I-qism) http://files.servers.doira.uz/small/...723722bdeb.jpg Bitta bugun ikkita ertangi kundan afzal. *** Agar vaqtni eng qimmatli narsalardan biri desak, uni behuda sarflash eng katta isrofgarchilik bo'lishi kerak. Negaki, yo'qotilgan vaqt aslo qaytmaydi. *** Uzoq umr mazmundor bo'lmasligi mumkin, ammo mazmundor umr shubhasiz uzoq umrdir. *** Hayotni sevasizmi? Unda vaqtingizni zoye ketkizmang, chunki u hayotingizni tashkil qiladi. *** Umrni uzaitirish uchun maishatingizni kamaytiring. *** Istamas ekansiz unut bo'lmoqni, Bu jism tuproqda qolgan zahoti; O'qishga munosib narsalar yozing, Yozishga munosib yo ishlar qiling. *** Dam olishni ko'zlasangiz, vaqtdan oqilona foydalaning. DAVOMI >> Teglar: aforizmlar, hikmatlar |
“Tarbiya” ensiklopediyasi nashrdan chiqdi
Yaqinda O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi nashriyoti tomonidan ilk bor "Tarbiya" ensiklopediyasi nashr qilindi. Bu kitobda ijtimoiy hayotda ancha-muncha tajriba ortirgan ota-onalarning endigina turmush qurgan yosh oilalarga bugungi kunda aytmoqchi bo'lgan fikr-mulohazalari pedagogikadagi nazariy qarashlar bilan asoslanib bir tizimga solingan. Undan yosh ota-onalardan tashqari ta'lim-tarbiya ishlari bilan shuqullanuvchi barcha murabbiilar ham foydalanishlari mumkin. Kitobda tarbiya va u bilan bog'liq 300 ga yaqin tushunchalar mohiyati ochib berilgan. Kiyinish madaniyati, suhbatlashish odobi, kelinlik odobi, kasb odobi, mehmondorchilik odobi, muomala odobi kabi maqolalar kitobdan joy olgan. Shuningdek, kamtarlik, mardlik, jasorat, insonparvarlik, insof, do'stlik, vijdon, burch, baxt, ishchanlik, ko'ngilchanlik, mas'uliyat, rostgo'ilik, poklik kabi ahloqiy tushunchalar bayon etilgan. "Tarbiya" kitobiga uslub, shakl nuqtai nazardan emas (bu jihatdan an'anaviy ensiklopediya talablaridan farqlanadi) balki mazmun-mundarizhasi jihatdan - tarbiya sohasida ko'p masalalarni qamrab olganligi bilan entsiklopediya deb atalgan. Undagi maqolalarni tayyorlashda asosan O'zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti olimlari ishtirok etganlar. Shuningdek, 12 jildli "O'zbekiston milliy ensikllpediyasi" maqolalaridan, ro'yxati kitobning oxirida berilgan adabiyotlardan foydalanildi. "Tarbiya" ensiklopediyasi pedagogika fanlari doktori Qozoqboy Yo'ldoshevning "Tarbiya - barkamol avlodni shakllantirishning bosh omili" maqolasi bilan boshlanadi, so'ng alifbo tartibida asosiy maqolalar beriladi. Kitobning adadi 3000 nusha. Tuzuvchisi M.Aminov, mas'ul muharriri A.Majidov. Teglar: kitob, o'zbekiston |
PowerPointdan DARSLARDA foydalanish mumkinmi? Ushbu taqdimot Zoho.Com saytida Power Point taqdimoti shaklida. http://files.servers.doira.uz/medium...db35cb7f92.jpg Teglar: o'qituvchilar uchun, power point, taqdimotlar |
“A’lochilar uchun o’quv ko’nikmalari” Fred Orrning "A'lochilar uchun o'quv ko'nikmalari" ("Study Skills for Successful Students") kitobi 1992 yilda Avstraliyada nashrdan chiqqan. Unda o'quv yurtlari talabalarining o'quv materiallarini yaxshi o'zlashtirishlari uchun muhim bo'lgan bir qator ko'nikmalar haqida so'z yuriltiladi va ushbu ko'nikmalarni rivojlantirsh borasida foydali maslahatlar beriladi. Kitobda berilgan maslahatlar yuqori sinf o'quvchilari, kollej va oily o'quv yurtlari talabalari uchun birdek mos keladi. Talabalar o'quv faoliyatidan keltirilgan misollar, yoki keyslar (case study) har bir talaba duch keladigan turli-tuman sharoitlarni tasvirlaydi. Ular asosida muallif o'z fikrlarini bildiradi va muammolarni bartaraf qilish borasidagi usullar bilan tanishtiradi. Keltirilgan keyslarning qahramonlarining ba'zilari ma'lum kurs bo'yicha mavjud qiyinchiliklarni mardona yengib o'tgan va a'lo natijalarga erishgan bo'lsalar, ayrimlari qiyin ahvolga tushib qolganlar. Bu yerda muallif yetkazmoqchi bo'lgan muhim ma'lumot shundaki, o'qish jarayonidagi har bir tajriba o'zida xos ijobiy potensialga ega. Hatto kurs ishi yomon baho bilan qaytarib berilsa ham. Masalaning "yorqin tarafi"ga qaraydigan bo'lsak, bu talabaning ma'lum ko'nikmalarini rivojlantirishiga bo'lgan bir chaqiruvdir. Talabalardan tashqari, kitobning boshqa bir muhim auditoriyasini o'qituvchilar, ma'ruzachilar va ota-onalar tashkil qiladi. Ta'lim shunchalik muhimmi? Axir, bir necha yil sinf partasida yoki auditoriyada o'tirib, keyin hayot tashvishlariga, kasbga aloqador faoliyatga shong'ib ketamiz-ku? Domlalar bizga beradigan bir olam materialga qo'shimcha qilib Fred Orrning kitobini o'qishimiz shartmi? Turgan gapki, 10 yildann keyin, masalan, hech kim bizdan Shekspirning "Makbet"idan biron sahnani yoddan ayytib berishimizni talab qilmaydi. Adabiyot muallimi yoki teatr aktyori bo'lib yetishmasak, albatta.. Samarali tahsil olishdan maqsad bu tonnalab aniq faktlarni yodlab olish emas, balki kishi o'zini va hayotda kerakli ko'nikmalarini rivojlantirib borishidir. DAVOMI >> ♦ 0.Kirish ♦ 1.Shaxsiy menedjment usullari: ♦ Motivatsiya ♦ Ishni orgaga surish ♦ Xotirani yaxshilash Teglar: darslik, motivatsiya, nazariya, productivity, ta'lim, time-management |
Hikmatlar: mutolaa xususida
Hikmatlar: mutolaa xususida ⇒O'qirkansan, xuddi biror lug'atdagi kabi o'qiganlaring xotirangning bir chekkasida qolib ketmasliging lozim, ular vujuding va qoninggacha singib ketishi uchun chuqur o'ylab, mulohaza yuritib o'qishing kerak. R.Emerson ⇒Agar biz bilim orttirish niyatida kitob o'qir ekanmiz, shoshmay o'qishimiz, kitoblarda uchraydigan jami bizga notanish, o'rganishni istagan narsalarimizni yozib borishimiz darkor. E.Fage ⇒Agar nimanidir o'qib chiqqan bo'lsang, undagi asosiy fikrni uqib ol. Men ham shunday qilaman: o'qigan narsamdan albatta nimanidir yozib olaman. Seneka ⇒Kitob odamni bilag'on, suhbat topqir qiladi; yozib olish odati esa uni aniqlikka o'rgatadi. F.Bekon Teglar: aforizmlar, hikmatlar |
Dunyoning 20 ta eng chiroyli kutubxonalari
Sizni dunyoning eng chiroyli va hashamatli kutubxonalari bilan tanishtirishda davom etamiz. Bu safar curiousexpeditions.org sayti tomonidan tanlab olingan 20 ta kutubxonaning fotosuratlarini sizning e'tiboringizga taqdim etmoqchimiz. http://files.servers.doira.uz/medium...e33e66dc22.jpg DAVOMI >> Teglar: aqsh, belarus milliy kutubxonasi, britaniya, dunyo kutubxonalari, kutubxonalar |
2011 yil haqida Tomas Edison nima degan?
http://files.servers.doira.uz/medium...e95fd7e2db.jpg Bundan 100 yil muqaddam, 2011 yilda g'arb gazetalaridan biri mashhur ixtirochi Tomas Edison bilan o'tkazilgan intervyuni e'lon qildi. Bu suhbatda olim kelajak haqida gapirib, gazeta mushtariylariga bilan bir qator bashoratarini o'rtoqlashgan. Uning qilgan prognozlari mantiqan to'g'ri, ammo bugungi kunda g'alati eshitiladiganlari ham bor. DAVOMI >> Teglar: kelajak, kitob, tarix |
Ta'lim 2.0: Ijtimoiy tarmoqlar o'quv jarayonida
https://img.uforum.uz/thumbs/ztjtwxb4850538.png O'zbekcha sharh: http://kutubxona2.doira.uz/Infografi...jarayonida#cut Teglar: aqsh, infografika, ta'lim |
E-kutubxonalar bo’yicha qisqa qo’llanma Bukriderlarning baxtli sohiblari soni ortib bormoqda. Elektron kitoblarni o'qishga mo'ljallangan bunday qulay qurilmalarni sotib olgan kishilar tez orada reklamada aytilgan "Rus mumtoz adabiyoti cho'ntagingizda" deyilgan gap unchalik ham to'g'ri emasligining guvohi bo'ladilar (hozirda Ukraina-Tayvan hamkorligida ishlab chiqarilgan bukriderlar aynan shunday shior ostida sotilmoqda). Qurilma xotirasidagi kitoblar rus mumtoz adabiyotining butunlay o'z ichiga olmagan. Qolaversa, klassikadan boshqa narsalarni ham o'qishni istaymiz, shunday emasmi? DAVOMI >> |
A’lochilar uchun o’quv ko’nikmalari (1... Mashqlar)
Motivatsiya Diqqatni jamlash Ishni orgaga surish Xotirani yaxshilash Mashqlar Motivatorlar Yodda tuting: odamlar siz uchun eng yaxshi motivator hisoblanadi. Avvalo, keyingi hafta oxirigacha bajarashingiz kerak bo'lgan vazifalarning ro'yxatini tuzib oling. Ushbu ro'yxatning nusxasini oilangiz a'zosiga yoki yaqin do'stingizga berib qo'ying. Hisobot berish maqsadida kelasi haftaning oxiriga uchrashuv belgilab qo'ying. Teglar: darslik, motivatsiya, nazariya, productivity, ta'lim, time-management |
Europeana loyihasi - Google Booksning yangi raqibi http://files.servers.doira.uz/medium...24480bc28f.jpg Yevropa Komissiyasining Europeana loyihasining mashhur Google Booksga raqobatbardoshligi ortib bormoqda. Yanvar oyining boshlarida Komissiya o'z hisobotida Yevropa Ittifoqiga a'zo mamlakatlarning barcha kutubxonalari, arxivlari va muzeylarining o'z fondlarini elektronlashtirishi zarurligini qayd etib o'tdi. Europeana Yevropa Ittifoqining elektron kutubxonasi hisoblanadi va unda 15 millionta kitob, gazeta, xarita, surat, fotosurat va boshqa materiallarning raqamli talqinlari joylashtirilgan. Bu manbalardan Internet orqali tekin foydalanish mumkin. Turli manbalarda qayd etilishicha, Google Books loyihasi doirasida xam 15 million atrofida nashrlar raqamlashtirilgan (o'tgan yilning iyun oyida 12 million bo'lgan). Yevropa Komissiyasining hisobotida aytilishicha, hozirda sotuvda yo'q va nashr qilinmayotgan kitoblarni raqamlashtirish va muomalaga chiqarish xuquq egalarining vazifasi bo'lishiga qaramay, madaniyat muassasalari materiallarni raqamlashtirib, omma e'tiboriga havola qilish imkoniyatiga ega bo'lishlari kerak. Va albatta, bunda mualliflar belgilangan tartibda rag'batlantirib boriladi. |
Ingliz tilini o'rganishda hali ham zil-zambildek lug'atlardan foydalanasizmi? Yoki Internetdan Merriam-Webster, Oxford va boshqa nashriyotlarning reklamaga to'la sahifasini ochib, ikki qator ma'lumot uchun bir kilometr sahifani yuklashga majbur bo'lyapsizmi? Siz uchun yaxshi yangilik bor: definr.com onlayn lug'ati ishga tushdi. Bu yangi xizmat sizga ingliz tilidagi har qanday so'zning ma'nosini "bir, ikki.." deyishga ulgurmasingizdan topib beradi. |
O'znet: Arxeologiya.Uz http://files.servers.doira.uz/medium...2eccd4af2a.jpg Mamlakatimizning janubiy mintaqasi, ayniqsa Surxondaryo viloyati qadimm o'tmishdan so'ylovchi maskanlarga boy. Bu yerda insoniyatning Yer yuzidagi ilk izlaridan tortib, so'nggi o'rta asrlargacha bo'lgan davrlarga tegishli arxeologik makonlarni uchratishimiz mumkin. Jumladan, XX asrning 30-yillarda Boysun tumanidagi Teshiktosh g'orida olib borilgan izlanishlar natijasida chiqqan neandertal odam skeleti, Machay g'ori yodgorliklari va Zarautkamar g'oridan topilgan mezolit davriga oid suratlar butun dunyoga ma'lumdir. Hozirda su kabi yodgorliklarni haqidagi ma'lumotlarni keng foydalanuvchilar ommasiga havola qilish ishida Internet tarmog'i muhim ahamiyat kasb etmoqda. O'zbekistonning turli mintaqalarida joylashgan tarixiy obidalariga bag'ishlangan bir qator saytlar mavjud va ular nafaqat respublika aholisi, balki chet el fuqarolari uchun xizmat qilib kelmoqda. Shunday saytlardan biri - www.arxeologiya.uz yaqinda o'z dizaynini yangilab, Internet sarhadlarida yangicha ko'rinishda ishga tushdi. Ushbu tarixiy ma'lumotlarga boy va ko'rkam veb-sayt Termiz Davlat Universiteti mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, Surxondaryo arxeologiyasi va etnografiyasiga oid turi-tuman ma'lumotlarni o'z ichiga oladi. Surxondaryo viloyatining eng qadimgi davrlardan toki XIX asrgacha bo'lgan arxeologiya va me'morchilik obidalariga oid to'liq ma'lumotni saytning "Surxondaryo arxeologiyasi" bo'limida tanishib chiqish mumkin. |
Dogpile.com Barchamiz ma'lumot izlab topish maqsadida qidiriuv tizimlaridan foydalanamiz. Lof bo'lsa ham, Google nomini hozir boshlang'isch sinf o'quvchisi ham biladi. Internetdan hech ham foydalanmagan otaxonlar ham Google degan so'zni televizordan hech bo'lmasa bir marotaba eshitgan. To'g'ri, bu xizmat juda ommabop va bizning hayotimizni ancha yengillashtirmoqda. Ammo undan tashqari ham qidiruv tizimlari ham borki, ayrim Google Search qila olmagan ishlarni bajara olishadi. Google 1998 yilda ish boshlagan bo'lsa, ungacha Lykos, Altavista, Yahoo, MSN Search degan internet xizmatlari bo'lgan va ularning ko'pchiligi hozirda ham xizmat ko'rsatib kelmoqda. Ularning har birining o'ziga yarasha ustunlik jihatlari bor. Shunday ekan, tarmoq mutaxassislari asosiy qidiruv tizimlarini o'zida jamlagan meta-tizimlarni ishlab chiqaradilar. Shunday xizmatlardan biri Dogpile bo'lib, bitta oynachaning ichiga so'rov kiritib, birato'la to'rtta qidiruv tizimi (Google, Yahoo, Ask.Com, Bing) natijalarini olishingiz mumkin. Interfeys ko'tarinki ruhda tayyorlangan. Firma belgisi esa - irg'itilgan koptok izidan chopuvchi kuchukcha. Hatto qidiruv oynachasi yonidagi tugma ham shunchaki "Enter" yoki "Go" emas, "Go Fetch" ('Tutib kel!') deb nomlangan. |
Elektron kitoblar bozori bo‘yicha 2010 yil yakunlari
Price Waterhouse Coopers kompaniyasi AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Niderlandiyada kitob savdosi bilan shug'ullanuvchi 40 ta kompaniya, shuningdek, 1000 nafar kitobxonlar orasida so'rov o'tkazdi. Ma'lum bo'lishicha, 2010 yilda AQShda elektron kitoblarning sotilishi hajmi 1,5 mlrd. dollarni, ya'ni mamlakatdagi jami kitob savdosining 7,2% tashkil qilgan. Qilingan hisob-kitoblarga qaraganda, ushbu segment 2015 yilga borib, 5,6 mlrd. dollargacha oshishi va bozordagi 22,5% ulushni egallashi mumkin ekan. |
Xarakterli odam nimalarnidir boshidan o'tkazgan va har turli kechinmalarda chiniqqan odamdir, unda umid bog'lasa bo'ladigan qandaydir kuchli fazilat bor demakdir. E. TELMAN Xarakter bitta yoki bir qancha xususiyatlar bilan emas, balki ularning darajasi va o'zaro munosabatlariga qarab aniqlanadi. JAN POL Xarakter har kimning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish uchun g'ayrat bilan intilishidan iborat. I. GYoTE Xarakter katta yoxud kichik ishda o‘z qobiliyating ko‘lamida his qilgan narsangnigina izchillik bilan amalga oshirishingdan iboratdir. I. GYoTE Insonning hayot tarzi uning xarakteri. I. GYoTE |
Grafik ko'rinishdagi Google Qidiruv Tarixi
Grafik ko'rinishdagi Google Qidiruv Tarixi Bu bilan hech qanday yangilik yetkazish niyatimiz yo'q, chunki Google akkauntida qidirilgan so'zlar tarixda saqlanib borishi hammaga ma'lum. Biz bu post bilan uning ahamiyati haqida biroz to'xtalmoqchimiz. "Google"dan, adashmasam, 2005 yildan buyon foydalanib kelaman. Google Web History dan esa 2006 yilning 3 noyabrida xabar topgan ko'rinaman, chunki qisiruv tarixim ayni shu sanadan qayd etilib bormoqda. O'sha vaqtdan buyon kiritilgan kalitso'zlarim (menda hozirgacha 14 ming 142 ta so'rov) sana va vaqtigacha yozib qolingan. Bu bilan men 4-5 yil oldin nimalar bilan mashg'ul bo'lganimni, qaysi sohalarga qiziqqanimni va hatto qanday texnika xarid qilmoqchi bo'lganimni bilib olishim, eslashim mumkin. DAVOMI >> |
Qo'llanma: "Elektron bibliografik resurslar yaratish texnologiyasi va manbalari"
Mazkur monografiya "Kutubxonashunoslik va axborot tizimlari" ta'lim yo'nalishida tahsil olayotgan talabalarga, "Axborot tizimlari va jarayonlari" mutaxassisligi bo'yicha o'qiyotgan magistrantlarga hamda o'z kutubxonalarini "IRBIS" tizimi asosida avtomatlashtirayotgan kutubxonachi mutaxassislarga mo'ljallangan. Monografiyada "IRBIS" tizimi asosida bibliografik tresurslar yaratish texnologiyasi, internetning bibliografik resurslari hamda "EBSCO" ma'lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatlari batafsil keltirilgan. Quyidagi linklar orqali ushbu qo'llanmaning PDF versiyasini ko'chirib olishingiz mumkin. Manba: O'zbekiston Milliy Kutubxonasi Teglar: kutubxona, kutubxonachiga, kutubxonachilar, o'zbekiston |
TinEye – teskari qidiruv xizmati :)
Aytaylik, kompyuteringizda .jpg, .gif yoki .png formatidagi qandaydir bir surat bor va undan foydalanish uchun sifati unchalik yaxshi emas, yoki bo'lmasam juda kichik. "Qani endi xuddi shuning tuzukroq variant bo'lsa", deb turgan paytingiz mana bu g'ildirak oyoqli robot sizga yordamga keladi. DAVOMI >> Teglar: web 2.0 |
NAVOIY VA INTERNET http://natlib.uz/www_data/articles/n...voi_natlib.jpg http://img.uz/d/2011/03/4d848ef469852.png Sizni o'tayotgan asr boshida Sirli bir sandiqqa jo etdik, hazrat. U shunday sandiqki, tuyar nashida Sizdan zavqqa tashna bor insoniyat. *** U sandiq - kompyuter, asarlaringiz To'lqin bo'lib unda suzar bemalol. Jo'sh urar dengizday, jo'shgan sari siz, Tin olar tinsangiz, bamisli xayol. DAVOMI >> Teglar: elektron kutubxona, navoiy, nazm |
Muttasil davom etayotgan axborot bo'roni sharoitida yashamoqdamiz. Hozirgi talabalarning fikricha, o'n soat sarflanadigan haftalik o'quv materialiga ular atigi olti soat ajrata olar ekanlar. Keyingi haftaga qoladigan to'qqiz soat mashg'ulotga esa 15 soat yangisi kelib qo'shiladi. Semestr davomida doimiy ko'payib boruvchi ish hajmi talabalar uchun stress manbai bo'lib xizmat qiladi. DAVOMI >> Teglar: darslik, nazariya, productivity, ta'lim, time-management |
Yosh shaxmatchiga yordam
Yosh shaxmatchiga yordam
Bir vaqtlar O'zbekiston televideniyesidan shaxmat o'yini haqida ko'rsatuvlar bo'lardi. U paytlarda men uchun bu eng zerikarli ko'rsatuvlardan biri edi: unda hali ancha yosh va shaxmatni tushunmas edim. Ko'pchilik shaxmat ishqibozlari va bu qadimiy aql mashqini o'rganmoqchi bo'lgan kishilar uchun esa juda yaxshi foydali ko'rsatuv bo'lganiga esa shubham yo'q. Ayniqsa, yoshlar uchun. Har qanday yosh shaxmatchi o'yinni yaxshi o'rganib, dunyoning manaman degan shaxmat ustalari bilan bellashishni orzu qiladi. Buning uchun maktablarda, oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari, o'quvchilar saroylarida maxsus to'garaklar tashkil qilingan. Agarda bolaning oila a'zolari yoki do'stlari orasida shaxmatga ishqiboz va bu narsaga vaqtini ayamaydigan insonlar bo'lsa, shuning o'zi yosh shaxmatchining qobiliyatini yanada rivojlantirishda katta rol o'ynaydi. Shu o'rinda bugun Internet tarmog'ida shaxmatga qiziquvchi bolalar va ularning tarbiyachilarini qiziqitirishi mumkin bo'lgan bir sayt haqida qisqacha so'zlab bermoqchimiz. Bu saytning nomi www.chesskid.com bo'lib ("shaxmatchi bola"). |
NimaGap.Uz - yana bir qisqa xabarlar servisi
Twitterni bilmagan kim bor? Hatto Internetdan foydalanmaydigan kishilar ham hatto ingliz tili lug'atida yo'q bo'lgan "Twitter" so'zini hech bo'lmaganda to'rt marta televizordan eshitishgandir. Har bir ommaviylashgan Web 2.0 xizmatida bo'lganidek, Twitterning ko'plab klonlari, ya'ni xuddi shu prinsipda ishlaydigan izdoshlari mavjud. Yaqindagina O'znetda mashhur qisqa xabarlar yoki boshqa so'z bilan aytganda, mikroblogging xizmati - Twitterni o'xshash bo'lgan bir sayt ishga tushdi. Uning nomi juda qisqa va lo'nda - NimaGap.Uz Rost, bu saytga kirgan holda o'z do'stlaringiz hayotida, yoki umuman dunyoda nimalar sodir bo'layotganini bilib olishingiz mumkin. O'zingiz 140 belgidan ko'p bo'lmagan xabarlarni chop etishingiz mumkin. Juda qulay va qiziqarli. Bu format cheklov emas, aksincha, fikringizni qisqa va aniq ifodalashga chaqiruvdir. Internetda hatto 140 belgidan oshmaydigan yoki qisqartirib yozilgan she'rlar e'lon qilinadigan tweet (twitter saytidagi xabar birligi nomi)lar mavjud. Giperlinklar esa maxsus funksiya (short URL) orqali qisqartirib beriladi. Teglar: twitter, uznet |
Eng qimmat iPad sotilmoqda
Eng qimmat iPad sotilmoqda Liverpullik (Buyuk Britaniya) zargar Styuard Hyuz (Stuart Hughes) o’zining “iPad 2 Gold History Edition” deb nomlangan “asari”ni omma e’tiboriga havola qilmoqda. Apparatning orqa paneli 24-karatli oltin bilan qoplangan va unda Apple logotipi joylashtirilgan. Ogotip ham oddiy emas: 53 dona eng toza brilliantlar bilan bezalgan bo’lib, har bir toshchaning og’irligi 16,5 karatni tashkil qiladi. DAVOMI >> Teglar: apple, ipad |
Kitob uchun jihozlar
Kitob uchun jihozlar http://files.servers.doira.uz/medium...9ff00d9d67.jpg http://files.servers.doira.uz/medium...8ea3ba7b66.jpg Kitobsevarlarning ko'pchiligi kitob o'qiyotgan mahal qo'llarini bo'sh qo'yishga ehtiyoj sezishadi. Ayniqsa, ovqatlanib kitob o'qishga odatlangan kishilar. Boshqalar uchun ham shu - yupqa muqovali (inglizcha soft cover) kitoblar hamisha ikki qo'lni band qilib turadi. Agarda kutubxonada dars qilayotib, kitobdan u-bu qismlarini daftaringizga ko'chirib olmoqchi bo'lsangiz, noqulaylik seza boshlaysiz. Misol uchun, yumshoq muqovali, yelimlangan yoki qalin kitobni stol ustida ochib qo'yish uchun boshqa bir kitob yoki biron og'irroq buyumdan foydalanishingizga to'g'ri keladi. Ammo, xorijlik ixtirochilar va tadbirkorlar allaqachon bu muammoning yechimini topganlar. |
Òåêóùåå âðåìÿ: 06:02. ×àñîâîé ïîÿñ GMT +5. |
Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2023, Jelsoft Enterprises Ltd. Ïåðåâîä:
OOO «Åäèíûé èíòåãðàòîð UZINFOCOM»