Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ЎЗБЕКОНА > Маърифат
Регистрация
Знаете ли Вы, что ...
...инструкция по установке аватара описана в Правилах форума.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Маърифат Адабиёт, тарих, таълим, маданият, санъат ва ҳоказо


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 19.02.2013 06:51   #11  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Mujodalaning kengayishi

1945 yil 8 aprelda Milliy Qo`shin tashkil etildi. Safarbarlik e’lon qilinib, yuz ming murojaat kelib tushganligiga qaramay, o`ttiz ming qurol-aslaha mavjud bo`lgani uchun o`ttiz ming inson qurol bilan ta`minlandi. Iyul, Avgust, Sentyabr oylarida 85 ming kishilik Xitoy Armiyasiga qarshi urushda g`olibiyat qo`lga kiritildi. Ili, Tarbag`atoy va Oltoy viloyatlari ozod etildi. Manas daryosigacha borildi. Sharqiy Turkiston Xitoy Armiyasi bilan urushdi, keyinchalik, Millatchi Xitoydan kelgan qo`shinlarga qarshi urushib, g’olib bo’ldi (1945). 1944-1945 yillar Xitoy askarlariga qarshi urush bilan o`tdi. Xitoy askarlarining qo`li ostidagi kazarma, aeroport tortib olindi. G`ulja atrofidagi dushman yo`q etilguncha 3 mingdan ortiq mujohid shahid bo`ldi, 6 ming jangchi yaralandi. Janglarda hayotini yo`qotganlarning oilalariga yordan berish maqsadida “Shahid Majruhlar Jamiyati” tuzilib, oilalarga yordam berildi.
Qo`shin ichida G`ani Botir (Uyg`ur), Fotih Botir (Tatar), Usmon Botir (Qozoq), Akbar Botir (Qozoq), General Palinov (Rus) kabi jasur qo`mondonlar yetishib chiqdi. Sharqiy Turkiston Hukumati Alixon To`raga olib borgan faoliyati va bu urushda ko`rsatgan muvoffaqiyati uchun Marshal unvonini berdi. Sharqiy Turkiston xalqi Alixon To`rani Marshal Ota deb chaqira boshladi.
Sharqiy Turkiston Qo`shini Urumchi shahriga yaqinlashib qoldi. Agar Alixon To`ra yana 2-3 kun Ruslar tarafidan olib qochilmaganda edi Urumchi ham ozod etilardi.
Ответить 
Старый 19.02.2013 06:53   #12  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Alixon To`raning Toshkentga olib keltirilishi

Sovet Ittifoqining G`ulja Bosh Konsuli Dabashin Sharqiy Turkiston Prezidenti Alihon To`raning xuzuriga kelib, “SSSR Hukumat Raisi Stalin siz bilan so`zlashuv qilish istagini bildirdi. Buning uchun sizni Moskvada kutmoqda,”- deb, Moskvaga olib ketmoqchi bo`ldi. Ammo, Alixon To`ra bu so`zlarga ishonmadi. “So`zlashuv niyati bo`lsa, chegaraga kelsin,”- dedi. Keyinchalik, konsul “Stalin Qozog`iston chegarasidagi Qo`rg`os shahrida siz bilan ko`rishadi, falon kun va soatda sizni kutadi,”- deb oldingan qurilgan tuzoqqa Alixon To`rani chaqirdi. Alixon To`ra uchrashuv joyiga kelganda, xarbiy samolyotni ko`rdi. Yonida keragicha qo`riqlovchilari bo`lmaganidan qarshilik ko`rsata olmay, qurolli rus askarlari tarafidan ushbu xarbiy samolyotga o`tkazilib, Toshkentga olib kelindi. O`rtada na Stalin va na so`zlashuv bor edi. Yana bir mustaqillik urushida zafar quchishiga oz qolgan Sharqiy Turkiston Xalqining Davlat Raisi mana shunday qochirildi.

Alixon To`ra Toshkentda ikki yil davomida xalqdan uzoq, shahar tashqarisidagi Bo`zbozordagi hukumat mehmonxonasida ushlab turildi. Bu yillar orasida Alixon To`raning Toshkentga keltirilib tutqunlikda ushlanganidan xalqning xabari bol`madi. 1947 yilning Iyun oyida oilasi ham yashirincha alohida-alohida qlib, turli yo`llar bilan Toshkentga olib kelindi. Eng oxirgi bo`lib, 1960 yilda farzandlaridan Akramxon olib kelindi.
Bu muddat ichida tashqi dunyo bilan aloqasi uzilgan holda hayot kechirishga majbur qoldi. Boshqa hech qanday ish qilishiga ruhsat berilmadi. Keyinchalik siyosatdan uzoq turish sharti bilan Toshkent shahri Oktyabr (Shayxontoxur)tumani, Kohota mahallasi, Kolhoznaya 25, adresidagi uyda 1976 yilgacha yashadi.
Ответить 
Старый 19.02.2013 06:55   #13  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Asarlari


Alixon To`ra Arab va Fors tillarini juda yaxshi bilardi. Bir qancha diniy, siyosiy va tibbiy kitoblar yozdi. Umrining oxirigacha faqatgina ilmiy va ijtimoiy ishlar bilan shug`ullandi.
1991 yil 2 jilddan iborat “Tarix-i Muhammadiy” kitobi chop etildi. “Temur Tuzuklari”, “Turkiston Qayg`usi”(2 jild), “Shifo-I ilal”, “She’rlar To`plami”, “Ahmad Donish”, “Navodir-u Vaqoiy” (forschadan tarjima) va German Vamberining “Buxoro yohut Mavoraunnahr Tarixi” (tarjima) asarlarini yozdi.

Alixon To`ra Toshkentga yashirincha keltirilgandan so`ng, Sharqiy Turkistonda Stalinning qo`li bilan nimalar qilinganini tafsilotlari bilan yozishga qaror qildi. Natijada 60 sahifalik ikki nus’hada yozilgan asar dunyoga keldi. Lekin bu asar qo`pollik blan tortib olinib, Moskvaga yuborildi. Asoratda yashagani uchun xotiralarini va “Turkiston Qayg’usi”ni yashirincha yozdi. Hayot xotiralarini hayotining oxirgi davrida yozgani uchun faqat yarimigacha yoza oldi. O`g`illariga Stalinga yozgan 60 sahifalik asarini topishni vasiyat qildi. “Tarihi Muhammadiy”ni ham 1960 yil oxirlarida yashirin tarzda yozdi va vaqti kelganda nashr ettirishni vorislariga vasiyat etdi. Xozirda o`g`illari bu kitobni nashr ettirishdi. “Asosul Imon”kitobi ham yashirincha yozilgan bo`lib, qo`lma-qo`l ko`chib yurdi va turli majlis-u yig`ilishlarda o`qildi.
Ответить 
Старый 19.02.2013 07:05   #14  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Yuqorida keltirilgan maqola Turkiyalik tarih fanlar docenti Yilmaz Polat tamonidan yozildi. Faqat Alihonto'ra Sog'uniyni tarihi bilan men ham qiziqib shug'ullanganman. Balki nasib qilsa biz ham ilmiy ish qilarmizu, lekin oldindan aytib qo'yishim kerak. Yilmaz aka o'zini ilmiy ishida judayam katta e'tiborni panturkist mavzusiga diqqat qilganlar. Hamma o'z talqinini qaysi tushunchasiga mos shaklda beradiyu, lekin bunga qo'shilish yoki qo'shilmaslik bu har kimni ishidir.

Ushbu mavzuda keltirilgan Alihonto'ra Sog'uniy haqidagi maqolani o'qigandna so'ng "Turkiston qayg'usi" yoki "Alihonto'ra Sog'uniy" nomli kitobni qayta o'qib chiqilsa, bo'lib o'tgan voqiyalarga ancha oydinlik kiritilar edi.

Yilmaz Polat maqolasi borasida savol javoblar bor bo'lsa, marhamat.
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 19.02.2013 11:26   #15  
Аватар для Shokirbek
Оффлайн
Сообщений: 62
+ 124  146/45
– 1  0/0

Saudi ArabiaОтправить сообщение для Shokirbek с помощью YahooОтправить сообщение для Shokirbek с помощью Skype™
Барака топинг, ўзбек китобхонларга у кишининг муҳим ҳаётий йўллари ҳақида, ёзиб қолдирган фойдали асарлари ҳақида кенгқамровли маълумот бериш керак эди, жуда яхши қилибсиз таржима қилиб. Бу борада ҳали кўплаб таҳлилий мақолаларга эҳтиёжимиз бор.
__________________
Tilar bo'lsang jahon ichra imorat # Faqirlar ko'nglini qilg'il imorat.
Ответить 
Старый 20.02.2013 06:16   #16  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Shokirbek Посмотреть сообщение
Барака топинг, ўзбек китобхонларга у кишининг муҳим ҳаётий йўллари ҳақида, ёзиб қолдирган фойдали асарлари ҳақида кенгқамровли маълумот бериш керак эди, жуда яхши қилибсиз таржима қилиб. Бу борада ҳали кўплаб таҳлилий мақолаларга эҳтиёжимиз бор.
Izlanishdamiz. Hali Alihonto'raning "ochilmagan qirra"larini halqqa aytadigan vaqt yetadi. Shu kishi va 44-46 yillarda tuzilgan Sharqiy Turkiston Jumhuriyati haqida oz muncha materiallar to'plab qo'yganman. G'ulja shaxriga borib shu urushda bevosita qatnashgan ishtirokchilardan intervyular olganmanu, lekin hitoy siyosati uyg'ur halqining milliy tiklanish yo'lidagi harakatlarini har turiga qattiq qarshilik ko'rsatishgani uchun u yerda insonlar bu voqiyalar haqida gapirishdan cho'chishadi. Lekin hozirdan bu haqda bilganlarni yozib qoldirmasa ertaga kech bo'ladi.

Bemalol savollar bo'lsa beraveringlar, hamfikrlashamiz.
Ответить 
"+" от:
Старый 20.02.2013 11:58   #17  
Officials Group
Аватар для Umid A’lamov
Оффлайн
Филиал ЦРБ АК "Узбектелеком"
коммерческий директор
Сообщений: 113
+ 55  80/44
– 0  0/0

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Аброр Шокиров Посмотреть сообщение
[CENTER]Alixon To`raning Toshkentga olib keltirilishi

... Keyinchalik siyosatdan uzoq turish sharti bilan Toshkent shahri Oktyabr (Shayxontoxur)tumani, Kohota mahallasi, Kolhoznaya 25, adresidagi uyda 1976 yilgacha yashadi.
Онамлар, "сизлар касал бўпганизда тўрамларга кўрсатардим" дердилар. Унча эътибор бермасдим авваллари, кейинчалик "Жудолик диёрини" ўқиганда шу гаплари ёдимга келади.

Аброр Шокиров, яхши иш бошлабсиз, яшанг...
Ответить 
Старый 20.02.2013 21:04   #18  
Known ID Group
Аватар для AbuMuslim
Оффлайн
Сообщений: 1,494
+ 1,248  1,573/654
– 84  166/76

UzbekistanОтправить сообщение для AbuMuslim с помощью YahooАккаунт на TwitterFacebook
Алихон тўра Соғуний ҳазратлари фахримиздир... У ҳақидаги ҳар қандай маълумот олтин билан тенг... яъни жуда қадрли... Аллоҳ таоло раҳматига олсин...
Ответить 
Старый 20.02.2013 23:32   #19  
Аватар для Аброр Шокиров
Оффлайн
YTT
Сообщений: 141
+ 62  123/56
– 2  1/1

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от AbuMuslim Посмотреть сообщение
Алихон тўра Соғуний ҳазратлари фахримиздир... У ҳақидаги ҳар қандай маълумот олтин билан тенг... яъни жуда қадрли... Аллоҳ таоло раҳматига олсин...
Ko'pchilik u kishiga bepisand nazar bilan qaraydi. Masalan Tarihi Muhammadiy kitobiga nisbattan "Bu ilmsizcha yozilgan" yoki "hujjatga o'tmaydi" yoki "ichida nosahih gaplar bor" kabi gaplarni qilishadi.
Zotan u kishi bu kitobni yozayotgan paytda bunaqa gaplarni aytganlarni ota bobolari bir daraxtni tegida suyanib o'tirishgan yoki KPSS uchun hizmat qilishar edi. Mana endi sal bag'riga quyosh tegib qolganda, orqa oldisiga qaramiy gap qiptashashadi.
Ответить 
Старый 21.02.2013 10:38   #20  
Аватар для Sparc
Оффлайн
Сообщений: 1,096
+ 1,249  922/478
– 100  32/25

Uzbekistan
Цитата:
Сообщение от Аброр Шокиров Посмотреть сообщение
Mana endi sal bag'riga quyosh tegib qolganda, orqa oldisiga qaramiy gap qiptashashadi
Алихон тўра Соғунийнинг китоблари чоп этилган, одамлар ўртасида уларга талаб катта. Ўзим кўп марта китоб дўконларида "Тарихи Мухаммадий", "Туркистон қайғуси"ни сўраб келишганига гувоҳ бўлганман.

Турли гап сўзларга келсак, уларга эътибор бермаган маъқул, китобхонларнинг ўзи баҳо беради.
Ответить 
Ответить
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2021, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх