Моё меню Общее меню Пользователи Правила форума Все прочитано
Вернуться   uForum.uz > ТЕМАТИЧЕСКИЕ ФОРУМЫ > Образование > Библиотеки
Знаете ли Вы, что ...
...нарушения правил форума наказываются. Старайтесь их не нарушать.
<< Предыдущий совет - Случайный совет - Следующий совет >>

Библиотеки ... в том числе электронные


Ответить

 
Опции темы Опции просмотра
Старый 07.04.2012 07:56   #141  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Tick

Цитата:
Сообщение от Tulqin Eshbekov Посмотреть сообщение

Бу соҳа тилсимларини мукаммал ўрганмаганлар замондан ортда қолиб кетиши ҳеч гапмас...
Албатта биз ёшларнинг вазифамиз замондан орқа қолмаслик.Бу сохани мукаммал ўрганиб керак бўлса бошқа давлатлар қаторида юришимиз керак
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 11.04.2012 09:04   #142  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Tick

“Facebook” kutilmaganda “Instagram”ni sotib olganligini ma’lum qildi


“Facebook” kompaniyasi kutilmaganda yangi o‘sib kelayotgan mashhur servislardan biri – “Instagram”ni sotib olganligini ma’lum qildi. Bu haqda “Facebook” asoschisi va uning hozirgi kundagi bosh ijrochi direktori Mark Sukerberg o‘zining “Facebook”dagi sahifasida xabar qilgan.“Mashable” texnoblogining yozishicha, kelishuv taxminan 1 milliard dollarga baholangan bo‘lib, hisob-kitob naqd pul hamda “Facebook”ning aksiyalari bilan amalga oshiriladi.

Kelishuvning rasmiy hujjatlari shu chorak oxirigacha imzolanishi kutilmoqda. “Instagram” jamoasi esa endilikda “Facebook”ka qo‘shiladi.

“Instagram” – bu, foydalanuvchilar o‘rtasida rasm ulashishga asoslangan ijtimoiy tarmoq bo‘lib, u faqat iOS va Android operatsion tizimlarida ishlovchi mobil qurilmalar uchun chiqarilgan ilova-dastur shaklida faoliyat ko‘rsatadi.

“Instagram” yordamida smartfon kamerasida olingan yoki uning xotirasida saqlangan rasmlarga qo‘shimcha effektlar berish, ramka qo‘yish, filterlarni qo‘llash mumkin. Tayyor bo‘lgan rasmni, “Instagram”ning o‘zida yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda do‘stlaringiz bilan baham ko‘rishishingiz ham mumkin. Hozirda uning foydalanuvchilari soni 30 milliondan oshib ketgan.

“Instagram” ilova-dasturi, dastlab, faqat iOS operatsion tizimi uchun chiqarilgan bo‘lib, uning Android-versiyasi yaqindagina – 3-aprel kuni chiqarilgan edi. Hozirda “Instagram” foydalanuvchilari servisga kuniga o‘rtacha 5 milliondan ortiq rasm yuklashmoqda.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 11.04.2012 09:07   #143  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Tick

Yandeks bosh sahifasi yangi dizaynga ega bo‘ldi





Yandeks onlayn-qidiruv sayti o‘zining bosh sahifasini yangi dizaynga o‘tkazdi. Hozircha yangi ko‘rinish faqatgina new.yandex.ru manzili bilan tashrif buyurganda faol bo‘ladi xolos. Dizayn Artemiy Lebedev studiyasi tomonidan ishlangan.

Oldingi versiyaga qaraganda yangi variantda Yandeks bosh sahifasidagi axborotlar soni ancha qisqargan. Kompaniya logotipi va Yandeks servislari ro‘yxati bilan birgalikda qidiruv qatori ham biroz kichiklashgan. Ha, aytgancha, endi Yandeks logotipi ostidagi “Найдется все” (“Hamma narsa topiladi”) degan shior bosh sahifadan olib tashlandi. Faqatgina brend qoldi xolos.

Yandeks pochtasiga kirish maydonchasi ham chap tomondan o‘ng yuqori burchakka ko‘chirilgan.

Foydalanuvchilarning fikricha, yangi dizayn Yandeks’ning turkcha qidiruv sayti (yandex.com.tr) bosh sahifasiga o‘xshab ketadi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Yandeks’ning eng asosiy raqobatchisi Mail.Ru ham o‘zining bosh sahifasining yangi dizaynini namoyish qilgan edi. 2012-yil 1-martdan boshlab mail.ru/new manzilida Mail.Ru bosh sahifasi yangi dizaynining beta-versiyasi ishga tushdi.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 14.04.2012 08:09   #144  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Instagram: 17 oy ichida noldan to bir milliard dollargacha (INFOGRAFIKA)







Instagram’ning iPhone uchun mo‘ljallangan ilova-dasturi ilk marta 2010-yilning oktabr oyida chiqarilganda hech kim kelajakda uning bir milliard dollarlik kompaniyaga aylanishini tasavvur ham qilmagan bo‘lsa kerak.

Instagram ilova-dasturi chiqqanidan keyin birinchi haftasidayoq 200 000 marta ko‘chirib olingan.

Facebook uni sotib olgan kun, ya’ni 2012-yil 9-aprel kuni uning iPhone ilova-dasturi 30 million marta, olti kunlik Android ilova-dasturi esa 5 million marta ko‘chirib olingan edi.
Qiziq tomoni shundaki, Facebook sotib olishidan uch kun avval Instagram’ning 10% aksiyasi 50 million dollarga sotilib, butun kompaniya 500 million dollarga baholangan edi. Facebook asoschisi Mark Sukerbergning “saxiyligi” tutib, uni ikki barobar qimmat narxga – bir milliard dollarga sotib oldi.

Quyidagi infografikada Instagram’ning oddiy ilova-dasturdan to bir milliard dollarlik kompaniyagacha bo‘lgan yo‘li tasvirlangan.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 20.04.2012 08:05   #145  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Windows 8 uch xil versiyada chiqariladi

Windows 8 operatsion tizimi bozorga uch xil versiyada chiqariladi: Windows 8, Windows 8 Pro va Windows RT. Bu haqda Microsoft’ning rasmiy blogida xabar qilingan




Windows 8 va Windows 8 Pro versiyalari x86-arxitekturasidagi kompyuterlar va planshetlar uchun mo‘ljallangan bo‘lsa, Windows RT esa – ARM-protsessorli qurilmalar uchun chiqariladi.

Windows 8 bazaviy operatsion tizim bo‘lsa, Windows 8 Pro esa tajribali foydalanuvchilar va biznes uchun mo‘ljallangan kengaytirilgan versiya sanaladi. Har ikkala versiya ham bir paytning o‘zida bir nechta monitorlar bilan ishlash imkoniyatini beradi.

Windows RT versiyasini esa boshqa ikkitasidan farqli o‘laroq alohida sotib olinmaydi, u qurilmaga oldindan o‘rnatilgan holda chiqariladi. Unga qo‘shimcha ravishda “Microsoft Office” ofis dasturlari paketidan Word matn muharriri, jadvallar bilan ishlash uchun Excel, taqdimotlarni tayyorlash uchun PowerPoint hamda eslatma, qaydlarni yozib qo‘yish uchun OneNote oldindan o‘rnatilgan bo‘ladi.

Bundan tashqari, Windows 8 Pro bazasida korporativ maqsadlar uchun Windows 8 Enterprise ham chiqariladi, biroq operatsion tizimning asosiy versiyalari uchta bo‘ladi xolos. Microsoft’ning tasdiqlashicha, Windows 8 – bu, yangi operatsion tizimning rasmiy nomi.

Shu yilning 27-fevral – 1-mart kunlari Barselona shahrida bo‘lib o‘tgan hamda mobil dunyosida yilning eng olamshumul voqeasi sanalgan “Mobile World Congress 2012” (“MWC 2012”) ko‘rgazmasida “Microsoft” korporatsiyasi “Windows 8” operatsion tizimining beta-versiyasi (Consumer Preview) chiqarilganini ma’lum qilgan edi.

Kompaniyaning o‘zi “beta-versiya” so‘zini ishlatgani yo‘q, buning o‘rniga u operatsion tizimning ushbu relizini “Windows 8 Consumer Preview” (“Windows 8”ning foydalanuvchilar uchun demo-versiyasi) deb nomlagan. Eslatib o‘tamiz, 2011-yilning sentabr oyida uning dasturchilar uchun mo‘ljallangan “Windows 8 Developer Preview” versiyasi chiqarilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 2009-yilda chiqarilgan Windows 7 operatsion tizimining olti xil versiyasi bor edi: Starter, Home Basic, Home Premium, Professional, Enterprise va Ultimate.

“Windows 8”ning beta-versiyasini mana bu yerdan bepul ko‘chirib olishingiz mumkin, biroq undan foydalanish muddati cheklangan. Operatsion tizimni o‘rnatish uchun mo‘ljallangan ISO-faylning hajmi uning turiga qarab 2,5-3,5 gigabayt atrofida
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 27.04.2012 07:56   #146  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Facebook a’zolari soni 900 milliondan oshdi



Facebook foydalanuvchilari soni 900 milliondan oshdi, shulardan 500 milliontasi mobil foydalanuvchilar sanaladi.

Yaqinda Facebook kompaniyasi Instagram fotoservisini sotib olgan edi. Hisob-kitobni amalga oshirish uchun Mark Sukerberg Instagram’ga 300 million dollar naqd pul va Facebook’ning 23 million dona aksiyasini bergan. Shunday qilib, umumiy hisobda Instagram 1 010 470 000 dollarga baholandi.

2012-yil birinchi chorak yakunlariga ko‘ra, Facebook’ning daromadi 1,058 milliard dollarga teng bo‘ldi.

Facebook saytiga hozirda kuniga 300 millionta rasm yuklanmoqda. Ijtimoiy tarmoqdagi do‘stliklar soni 125 milliardga yetdi. “Like” tugmasini bosish hamda fikr bildirishlar soni kuniga 3,2 milliardga yetdi
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
"+" от:
Старый 27.04.2012 07:57   #147  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Samsung fayllarni internetda saqlash uchun o‘zining bulutli servisini ishga tushirmoqchi



Samsung kompaniyasi ham fayllarni internetda saqlash imkoniyatini beruvchi yangi bulutli servisini ishlab chiqmoqda. “The Verge” texnoblogining yozishicha, yangi servis S-Cloud deb nomlanib, mohiyatan u Apple’ning iCloud servisi bilan raqobat qiladi.

Taxminlarga ko‘ra, Samsung bu servis haqida 3-may kuni Londonda bo‘lib o‘tadigan “Galaxy S III” taqdimotida ma’lum qiladi.

S-Cloud ham xuddi iCloud’ga o‘xshab ishlaydi. Foydalanuvchilar unda o‘z fayllarini saqlab, bir paytning o‘zida turli qurilmalariga sinxronizatsiya qilishlari mumkin bo‘ladi.

Demak, bu servis ishga tushadigan bo‘lsa, Galaxy smartfoningiz orqali olgan suratlaringiz avtomatik ravishda internet orqali servisga yuklanadi. Keyin, o‘sha rasmlarni xohlasangiz Samsung’ning planshet kompyuterlarida, xohlasangiz boshqa turli qurilmalar orqali tomosha qilishingiz, do‘stlaringizga ulashishingiz mumkin bo‘ladi.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Реклама и уведомления
Старый 03.05.2012 07:47   #148  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Tick

Zerg Rush - Google'dan yana bir ajoyib hazil

Shunchaki «Zerg Rush» birikmasini Google'dan qidirib ko'ring. Xo'sh, natija qanday? Kompyuter ekranida mayda-mayda doirachalar paydo bo'ladi, siz esa ularni urib tushirishingiz lozim.



Agarda bu sizda o'xshamagan bo'lsa, shunchaki mana bu linkni bosing.

P.S. Shaxsan o'zim buni Google Chrome, Mozilla Firefox, Opera va Internet Explorer brauzerlarida sinab ko'rdim. Natija yaxshi
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 03.05.2012 07:49   #149  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Ubuntu 12.04 LTS (Precise Pangolin) чиқди.




Ва ниҳоят, Убунтунинг навбаттаги версияси фойдаланувчиларга ҳавола этилди.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Старый 10.05.2012 08:14   #150  
Аватар для Hero
Оффлайн
1-maktab
Operator
AKA:Operator
Сообщений: 698
+ 457  186/146
– 0  82/42

UzbekistanОтправить сообщение для Hero с помощью YahooОтправить сообщение для Hero с помощью Skype™LiveJournalМой КругАккаунт на TwitterМой мирFacebook
Tick

“Samsung” dasturchilar uchun yangi tanlov e’lon qildi



Janubiy Koreyaning “Samsung” kompaniyasi ilova-dasturlar ishlab chiqish bo‘yicha mukofot jamg‘armasi 4,08 million dollar bo‘lgan navbatdagi yirik tanlovni e’lon qildi. O‘tgan yilgi tanlovda “Bada” mobil platformasida ishlovchi smartfonlar uchun ilova-dasturlar ishlab chiqish shart qilingan bo‘lsa, bu yilgi tanlov Android-smartfonlar uchun mo‘ljallangan



Tanlovda faqatgina ikki xil kategoriyadagi ilova-dasturlar qatnashadi: o‘yinlar va o‘yin bo‘lmagan ilova-dasturlar. Har bir kategoriya bo‘yicha oddiy ilova-dasturlar va “S-Pen” stilusidan foydalanuvchi dasturlar alohida baholanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun ishlab chiqilgan ilova-dasturlarni bugundan 7-maydan to 30-sentabrgacha “Samsung Apps” ilova-dasturlar do‘koniga joylashtirish lozim.



Tanlovning batafsil shartlari va mukofotlar bilan mana bu yerda tanishishingiz mumkin.
__________________
JAVOBLAR.UZ
Ответить 
Ответить

Метки
библиотеки, kutubxonalar, texnologiyalar
Опции темы
Опции просмотра




Powered by vBulletin® Version 3.8.5
Copyright ©2000 - 2022, Jelsoft Enterprises Ltd. Перевод: zCarot
Advertisement System V2.5 By Branden
OOO «Единый интегратор UZINFOCOM»


Новые 24 часа Кто на форуме Новички Поиск Кабинет Все прочитано Вверх